Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

1 D 
SURAT 
Men odatda doim ishga shoshilaman. Bugun ertalab nonushta 
qilayotganimda, onam menga dedi: 
– O‘tir, og‘lim, birpas o‘tir. 
– Bo‘ldi, ketdim. 
– Shoshma , bolam, – dedi onam va menga juda g‘amgin qaradi.– Gap 
bor. 
Men soatimga qaradim: hali benzin olishim kerak, ishga borish kerak, 
keyin nashriyotga o‘tish kerak... 
– Nima gapingiz bor edi? 


168
Onam ko‘zimga yana ma’yus qaradi. 
– Rasmga(suratga) tushaylik, – dedi kutilmaganda. 
Men hayron bo‘ldim. 
– Nega (Nima uchun)? Nega birdan rasmga tushmoqchisiz? 
– Yaqinda men o‘laman. 
Onam bu gapni xuddi “Qo‘shnimning uyiga kirib chiqaman”, degandek 
aytdi. Kuldim. 
– Qo‘ysangiz-chi, oyi. 
Shunday deb ko‘chaga chiqib ketdim. 
Oradan ikki hafta o‘tgandan keyin esa onam... o‘ldi. Kechqurunlari 
uyg‘onaman va o‘ylayman: Sen ahmoq nima uchun o‘shanda kulding?
Suratga tushish uchun vaqting yo‘qmidi? Agar kerak bo‘lsa, vaqt topish 
mumkin edi. Kitob uchun, jurnal uchun, ish vaqtida, bog‘da, ko‘chada...
tushgan rasmlaring bor. Nima, sen kino yulduzimisan? Juda mashhur 
odammisan? Ana, stol ustida qancha rasmlaring bor. Bu rasmlar juda ko‘p va 
har xil. Lekin faqat... onang bilan birga tushgan rasming yo‘q. 
(O‘tkir Hoshimovdan) 
2-DARS 
2 A 
IR TEMUR O‘GITLARI 
Kengash ikki turli bo‘lur: biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi-yurakdan 
chiqqani. Men til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan 
maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim. 
Do‘st-dushmanligiga qaramay, har joyda sipohlarni hurmat qildim, 
chunki boqiy mato bo‘lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotmaydilar. 
O‘zlarini ma’raka-maydon, halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar. Agar 
g‘anim sipohidan biror kimsa o‘z valine’matiga sidqidildan xizmat qilib
urush kunlarida menga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa ham, unday odamga 
nisbatan lutf-marhamatlar ko‘rsatdim, qoshimga panoh izlab kelganda, uni 
qadrlab, ishonchini qozondim, vafodorligi va haqiqat bilan xizmat qilishiga 
ishondim. 
Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga 
yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar, 
sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon 
himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim. 
3 Maslahatim shuki, asli toza, nasli pok, ulug‘ zotlardan bo‘lgan, yaxshi 
ravishli kishilardan topib, vazirlar qiling. Chunki asli toza kishi 


169
xatolikka yo‘l qo‘ymaydi, badasl (ya`ni nasli toza emas ma’nosida) esa 
vafo qilmaydi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling