Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
B AMIR TEMUR SHAXSI HAQIDA
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
2 B
AMIR TEMUR SHAXSI HAQIDA Sohibqironning muxlislari uni juda chiroyli inson sifatida tasvirlaydilar. Ammo dushmanlari, aksincha, yuzsiz, manfur va qutsiz (baxtsiz) deya ta`riflaydilar. Uning vatandoshlari orasida hozirgacha tildan tilga o‘tib kelayotgan hikoyalarga qaraganda, Temur o‘rta bo‘yli, oqbadan kishi bo‘lib, zahmatli umrini doimiy jang-u jadallarda o‘tkazganiga qaramay, umrining oxirgi daqiqalariga qadar tanasining ko‘rkamligini saqlay olgan. Garchi uning bir oyog‘i oqIasa-da, urush paytida bu nuqson uncha sezilmas edi. Uning yangroq ovozi jang baqiriq-chaqiriqlari ichida juda uzoqqa eshitilardi. Faqat yoshi yetmishlarga yetgandagina ko‘zlari ozroq xira tortgan. U Samarqandda Ispaniya elchilarini qabul qilgan vaqtda, ular yaqin kelgachgina tanigan ekan. U davrda turk irqi eron unsurlari bilan hali ko‘p aralashmagani uchun Temurning yuzida mog‘ullik belgilari kuchli edi. Temurning to‘qnashuvlar paytida qimmatbaho ipakdan keng kiyimlar kiyganini ko‘ramiz. Hozirgi vaqtda o‘rta osiyoliklar shunday kiyinadilar. Bu kiyimlar o‘sha zamonda musulmon Osiyosida makruh sanalardi. U bosh kiyimda mo‘g‘ul, xitoy qiyofasiga taqlid qilib, Sharafiddin (Ali Yazdiy)ga yarashgan sallani o‘ramadi, balki uzun, uchli boshli kigiz bo‘rk kiyib yurdi. Bo‘rk uchiga cho‘zinchoq yoqut qadalgan, uning atrofi durlar va javohirlar bilan bezatilgan edi. Uning katta va qimmatbaho zirak taqish odati – mo‘g‘ullarga xos edi. U umuman tashqi ziynatlarga va ochiq kiborliklarga moyil bo‘lgan. U o‘zining uzoq davom etgan sohibqironlik hayotida juda ko‘p yo‘qotishlar, nochorliklarni boshidan kechirgan bo‘lsa-da, doimo spartaliklar kabi soddaligiga sodiq qolgan. U yoshligida otasining va ruhoniy imomlarning ta’sirida hayotga islom va tasavvuf nuqtayi nazaridan qaragan edi. Uning qat`iy jangovar ruhi va chegara bilmas hukmronlik hissi bu sifatlar bilan kurashda edi. Bu kurashda uning tabiatiga xos jangovarlik va hukmronlik hissi g‘olib kelgan bo‘lsa kerakki, u shunday deydi: “Hokimiyatni qo‘lda qilich bilangina ushlab turish mumkin”. U askarlariga Isfaxonni talon-toroj qilishga ruxsat berganda, ulamolar mahallasiga shafqat qilishni amr etgan. Hirot va Halab ulamolari bilan esa diniy munozaralar qurgan. O‘ziga o‘xshab fikr qilmaydigan kishilarga, ya`ni o‘zgacha fikrlaydiganlarga, shohona hadyalar bergan. Ma’lumki, Temur alloma Sharafiddin Halabiy bilan nihoyatda keskin munozara qilgan. So‘ngra uni himoyasiga olib, o‘zi va muridlariga (ular 2000 ming nafardan ko‘p edi) qimmatli hadyalar berishga buyurgan. Amir Temur qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o‘ljasi – shu o‘lkaning rassomlari, 170 mohir ustalari hisoblangan. U Bursa kutubxonasidagi kitoblarni yuk tashiydigan hayvonlarga ortib, Samarqandga ko‘chirtirgan. Endi shu kishini marhamatsiz deb atash mumkinmi? Binobarin, Temurni Chingiz bilan bir safga qo‘yish xato. U avvalo Osiyo sarkardasi edi… Uning jazosi ham qattiq, lekin adolatli bo‘lgan. (Herman Vamberi. “Buxoro yohud Movarounnahr tarixi”) Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling