Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
3-DARS 3 A U ALI IBN SINO Agar biror xorijlik Markaziy Osiyo madaniyati va ilm-fani bilan qiziqib, unung tarixiga murojaat qilsa, albatta, Ibn Sino degan nomni uchratadi. Kim tibbiyot bilan shug‘ullansa, u, albatta, Avitsena degan nomni biladi. Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 – (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. Ibn Sino 1002 – yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037- yil (hijriy 428)da 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Agar buyuk tabibning ijodiy merosini ko‘zdan kechirsak, uning naqadar serqirra iste’dod egasi ekanligining guvohi bo‘lamiz. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 tagina asari yetib kelgan, xolos. Shulardan torttasi – adabiyotga, beshtasi musiqaga, o‘ndan ortig‘i astronomiyaga oid asarlardir va h.k. 4 Ibn Sino Sharqda “Shayxur-Rais”, G‘arbda esa “Avitsenna” nomi bilan mashhur. Lekin u agar buyuk tabib bo‘lmaganida edi, adabiyot va san’atga oid ishlari bilan ham madaniyatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan bo‘lar edi. “Yusuf qissasi” ramziy-majoziy usulda yaratilgan bo‘lib, Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asardir. “Rasolat – at tayr” (“Qush risolasi”), “Uyg‘oq o‘g‘li Tirik” (“Hayy ibn Yaqzon”) kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, “Salomon va Ibsol” esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, 172 ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlari ilm-ma’rifatga da’vat qiladi; shoir dunyo sirlarini bilishga intiladi, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chaqiradi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. U tibbiy yo‘l- yo‘riqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bunga sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling