FIKRGA SUBYEKTIV MUNOSABAT BILDIRISH UCHUN
QO‘LLANUCHI SO‘ZLAR
(Modal so‘zlar)
Modal so‘zlar so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalaydi. Ular
bildiruvchi ma’nolar:
1. Ishonch: darvoqe, aslida, shubhasiz, albatta, tabiiy, shaksiz.
2. Tasdiq: haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatda.
3. Gumon: aftidan, balki, shekilli, ehtimol.
4. Fikr tartibi: avvalambor, qolaversa.
5. Fikrni dalillash: masalan, jumladan, xususan.
6. Xulosa: xullas, umuman, xullas kalom, demak.
7. Achinish, afsuslanish: esiz, attang, taassufki, afsus, afsuski.
8. Quvonch: hayriyat.
Eslab qoling:
Binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud
bo‘lib, fikrning oldingisi bilan bog‘liqligi ma’nosini ifodalaydi.
Modal so‘zlar gap boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llanishi mumkin. Ular
boshqa so‘zlardan vergul yordamida ajratiladi.
Shekilli modal so‘zi gap oxirida qo‘llaniladi: Kimdir keldi, shekilli.
Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar
2-mashq. Quyidagi modal so‘zlar bilan gap tuzing: aytganday,
darhaqihat, ehtimol, shubhasiz, afsuski, albatta, aftidan.
3-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli modal so‘zlarni qo‘ying: mabodo,
auytganday, shekilli, darvoqe, shubhasiz, darhaqiqat, afsuski, aftidan,
holbuki.
1. Nega ovqatdan yemayapsiz? Ovqat sizga yoqmadi…2. ……”ozodlik”
nihoyatda shirin so‘z. 3. …..bu haqida oldin ham sizga gapirgan edim. 4.
…..siz meni kutmayapsizmi? 5. Chekayotgan odam “cheksam asablarim
161
yumshaydi”, deb o‘ylaydi, ……bu bir necha daqiqalik huzurdan keyin, bir
necha baravar ko‘proq zarar yetkazadi. …….u ko‘pincha bu haqida
o‘ylamaydi. 6. ……inson va tabiat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. 7.
……unining hech narsadan xabari yo‘qqa o‘xshaydi. 8. ……, esimdan
chiqay debdi, o‘qituvchimiz aytdi, ertaga test bo‘lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |