Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Matn bo‘yicha topshiriqlar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

Matn bo‘yicha topshiriqlar 
 
I. 
Savollarga javob bering:  
1. Doniyor kim bo‘lgan? 
2. Xoja Doniyor maqbarasi qanday qilib Samarqandda barpo etilgan? 
3. Birinchi musulmon masjidi deb qaysi masjid e’tirof etiladi? 
4. Hazrati Xizr masjidi qanday qilib barpo etilgan? 
5. “1854-yil” yozuvi nimaga ishora qiladi? 
6. Nima uchun butun dunyoda qadimiy obidalarning ta’mirlanishi va 
obodonlashtirilishiga katta ahamiyat beriladi? 
II. 
Obida, maqbara, masjid, ziyoratgoh, ibodatxona, sajdagoh, 
qo‘nimgoh, qabr, xonaqoh, darvozaxona kabi so‘zlarning ma’nosini 
tushuntiring. 
III. 
„-ga mansub“, „-ni amalga oshirmoq“, „… sifatida etirof 
etilmoq“, „-ni anglatmoq“ qurilmalari ishtirokida gaplar tuzing. 
G R A M M A T I K A 
Nutq jarayonida ro‘y berayotgan harakatning ifodalanishi 
(Hozirgi zamon fe’li) 
Hozirgi zamon davom fe’linutq paytida ro‘y berib, hozir davom 
etayotgan harakatni bildiradi. Hosil bo‘lishi: 
Bo‘lishli shakli: 
Fe’l +-yap+ -man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti(lar) 
Bo‘lishsiz shakli: 
Fe’l -ma +-yap+-man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti (lar) 
Quyidagi fe’llarda hozirgi zamon shakli –ib qo‘shimchasi bilan yasaladi. 
yur + -ib + -man,-san,-di,-miz,-siz,-dilar 
tur + ib + -man,-san,-di,-miz,-siz,-dilar 
o‘tir + -ib + -di ..................... 
yot + -ib + -di....................... 


50

 
Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli fe’llarni kerakli zamonda qo‘ying. 
1. Ukang o‘qishga kirdimi? Hozir qayerda…? 2.Kompyuterim …, 
ustani chaqirishim kerak! 3. Men Zumradga kitobimni bergan edim, u 
negadir …4. U seni …, tezroq uyga kel. 5. Hozir dars…: sen bilan gaplashish 
uchun vaqtim yo‘q. 6. U nimagadir …, mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, 
sababini bil! 7. Ovozingizni…! Iltimos, qattiqroq gapiring. 8. Oyim mazali 
ovqat …, bugun biznikiga kel. 
qaytarmoq, ishlamoq, o‘qimoq, pishirmoq, kutmoq, kechikmoq
tayyorlanmoq, eshitmoq. 
 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling