Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Fe’l + -moqchi emas +edi+-m, -ng, -k, -ngiz, -lar
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
Fe’l + -moqchi emas +edi+-m, -ng, -k, -ngiz, -lar
Grammatika bo‘yicha mashqlar 1-mashq. Nuqtalar o‘rniga -di, -ar/-r+ edi, – moqchi edi, -gan, -r(-ar) ekan kabi zamon qo‘shimchalarini hamda shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘ying. 1. Men Toshkentda bankda ishla... 2. Do‘stim Samarqand haqida eshitgan bo‘lsa ham, bu shaharni ko‘rma... 3. Koreyadagi do‘stim men bilan O‘zbekistonga kel...., lekin uning rejasi o‘zgardi va O‘zbekistonga kelmadi. 4. Dekan aytdi, darsdan keyin hammamiz faollar zaliga bor…5.Siz bu uyga yaqinda ko‘ch...mi? Oldin qayerda yasha... 6. Qiz menga ko‘p qavatli binoni ko‘rsatdi: u shu binoning 4-qavatida yasha…7. Sinoptiklar bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga yomg‘ir yog‘… 8. Kecha universitetga borma..., meni dekan so‘ra... 2-mashq. Nuqtalar o‘rniga o‘tgan zamon shaklining mos qo‘shimchasini qo‘yib, ularning ma’no farqlarini tushuntirib bering. 1.Kecha o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni bizdan so‘ra… 2. Oldin undan so‘ra…sizmi? 3. Biz bu filmni oldin ham ko‘r…dik. 4. Ikki yil oldin men ularnikiga bor…. 5. Ilgarilari sizni hech ko‘r….. 6. Kecha meni boshlig‘im 44 so‘ra…, men yo‘q edim. 7. Oldinlari sizni har doim shu vaqtda bekatda ko‘r… 8. Kechirasiz, siz kecha meni so‘ra…… (menga aytishdi). 9. Xonaga kirganimda, u o‘qituvchidan javob so‘r…. 10. O‘qituvchining aytishicha, u ertaga bu mavzuni hammadan so‘r... 3-mashq. Matnni o‘qib, sarlavha qo‘ying. Lug‘at yordamida tarjima qiling. Matnni birovdan eshitgan hikoya sifatida so‘zlab bering. Temurbek o‘z xotiralarida yoshlik yillarida boshidan kechirgan voqealarni hikoya qilar ekan, siz buni nasrda yozilgan qahramonlik dostonidek ta’sirlanib o‘qiysiz. Amir Temur yigirma olti yoshida, ya’ni 1362 – yili Samarqandda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash bayrog‘ini ko‘tarib chiqqanda, hali ko‘pchilik odamlar xalq ozodlik harakatiga tayyor emas edi. Shafqatsiz mo‘gul qo‘shinlariga qarshi jang maydoniga chiquvchilar juda kam edi. Amir Temur oltmish yigiti bilan Tug‘luq Temurxonning o‘ttiz ming kishilik lashkariga bas kelolmasligini sezib, tog‘larda yashirinib yuradi, keyin Xorazmga borib panoh topmoqchi bo‘ladi. Ammo mo‘g‘ul xoni Amir Temurni o‘ldirganlarga yoki tirik tutib berganlarga katta mukofotlar va’da qilgan edi. Shu mukofotdan umidvor bo‘lgan xivalik Tavakkal degan bek Qoraqum sahrosida Amir Temurga qarshi ming kishilik qo‘shin bilan jang qiladi. Bu jangda Amir Temur qahramonlik ko‘rsatib, ko‘p sonli g‘animni (dushmanni) yengadi. Lekin uning o‘ntagina odami tirik qoladi. Shulardan yettitasi otliq. Qolgan otlar ham jang maydonida halok bo‘lgan. Amir Temurning yoshgina rafiqasi O‘ljay Turkon ham safarda birga ekan. Amir Temur otiga rafiqasini mindirib, o‘zi piyoda qum barxanlarni oshib janubga – Xuroson tomonga yo‘l oladi. Moxon degan joyda, qadimgi Marv shahri yaqinida ularni Alibek Jonqurboniy degan bir hokim o‘z navkarlariga tuttirib, burgaxona bo‘lgan uyga qamab qo‘yadi. Amir Temur bunday adolatsizlikka ko‘nikib bo‘yin egadigan odam emas edi. “Tutqunlikdan qutulish chorasini izlab, o‘z-o‘zim bilan kengashdim, – deyiladi “Temur tuzuklari”da. – Tangrining inoyati bilan, bahodirligim tutdi. Bor kuchim va chapdastligimni ishga solib, soqchilardan birining qo‘lidagi qilichini tortib oldim. Soqchilarga hamla qilgan edim, barisi qo‘rqib qochdi. Qilich ko‘targancha to‘g‘ri Alibekning ustiga bostirib bordim. Qilich tutganimni (ushlaganimni) ko‘rib qo‘rqdi. Qilgan nomunosib ishidan pushaymon bo‘lib, mendan uzr so‘radi”. (Pirimqul Qodirovdan) Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling