Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


O‘tilganlar yuzasidan topshiriqlar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
O‘tilganlar yuzasidan topshiriqlar: 


48
2 D 
Tayanch so‘zlar va iboralar: mo‘tabar, ziyoratgoh, nasroniy, yahudiy, 
avliyo, tabarruk, qo‘nimgoh, xok, qabr, keng ko‘lamda, obodonlashtirish, 
ta’mirlash, ziyoratchi, qulaylik, e’tirof etilmoq, sajdagoh, otashparastlik, 
ibodatxona, majmua, ishora, ayvon, xonaqoh, ta’mirlanmoq, quduq.

 
Matnni o‘qing
 
 
 
Tarixiy-madaniy obidalar 
Xoja Doniyor maqbarasi 
Xoja Doniyor maqbarasi Samarqanddagi eng mo‘tabar va mashhur 
ziyoratgohlardan hisoblanadi. Doniyor, Daniil, Daniyel – musulmon, 
nasroniy va yahudiy adabiyotlaridagi aziz -avliyoning nomidir.
Doniyor Quddusda eramizdan avvalgi 603-yilda tug‘ilgan bo‘lib, shoh 
Dovud va Sulaymon (Solomon)larning avlodiga mansubdir.
Rivoyatlarga ko‘ra, Amir Temur o‘zining (1397-1404 yillar ) Kichik 
Osiyoga yetti yillik yurishi vaqtida Suza shahridagi avliyo Doniyorning 
tabarruk qo‘nimgohidan bir qism xokini (o‘rnatilgan tartib-qoidalar talabini 
amalga oshirib) Samarqandga olib kelgan.
Maqbarada dunyodagi eng uzun – 18 metrlik qabr mavjud. Maqbara 
binosi XX asr boshlarida qurilgan. Shunga qadar bu yerda Xoja Doniyorning 
qabri va masjid bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar bor.
Mustaqillik yillarida ushbu ziyoratgohda keng ko‘lamda 
obodonlashtirish, ta’mirlash, qurilish va ziyoratchilar uchun qulayliklar 
yaratish ishlari olib borilmoqda.
Hazrati Xizr masjidi 
Hazrati Xizr masjidi Samarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlaridan 
biridir. U Samarqanddagi birinchi musulmon masjidi va me’moriy obidasi 
sifatida e’tirof etiladi.
Masjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, Hazrati Xizr nomi bilan 
atalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab sajdagohi mavjud bo‘lgan. VIII asrda 
arablar tomonidan otashparastlarning ibodatxonalari buzib tashlanadi. Shu 
tepalikdagi ibodatxona o‘rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi 
masjid binosi quriladi va Hazrati Xizr nomi bilan ataladi.
Hoja Doniyor, Qusam ibn Abbos va Hazrati Xizr ziyoratgohlari aslida 
bitta majmua bo‘lgan. Masjidga kiraverishdagi marmar toshda ko‘rsatilgan
“1854-yil” yozuvi uning Buxoro amiri Amir Muzaffarxon tomonidan 
tiklanganiga ishoradir.


49
1899-yilda masjidning ayvon va darvozaxona qismi qayta qurilgan. 
Darvoza yuzasiga yozilgan hijriy 1336-yil (milodiy 1916-1917 yillar) yozuvi 
darvozaxona va minoraning qayta tiklangan vaqtini anglatadi. Fikrimizni 
xonaqoh mehrobidagi 1274 – yil hijriy (1854-milodiy yil), 1302-hijriy yil 
(1884-milodiy yil) degan yozuvlar isbotlaydi.
Mustaqillik yillarida Hazrati Xizr masjidi mamlakat rahbariyatining 
qo‘llab-quvvatlashi bilan bir necha bor mukammal ta’mirlandi, masjid yonida 
joylashgan Arzis qudug‘i qayta tozalanib, qadimiy holiga qaytarildi.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling