5 B
Tayanch so‘z va iboralar: Holiqi olam, yaralmoq, bunyod bo‘lmoq, borliq,
tovushga taqlid, shovullamoq, sharshara, qag‘illamoq, shu tarzda, to‘qillamoq,
tuyoq, taqa, zangillamoq, rosmana, ibtidoiy ong egasi, chaqmoq, chaqin, chaqa,
zakovat, gap chaqmoq, honumoniga o‘t qo‘ymoq, chaqimchilik, yostig‘ini
quritmoq, xatarli, jafokash, holva, tengsiz qudrat sohibi, mag‘zini chaqmoq, bir
chimdim haqiqat, gugurt, ayon bo‘lmoq.
I. Quyidagi so‘zlarning ma`no farqlarini misollar yordamida tushuntirib
bering:
Bunyod bo‘lmoq /yaralmoq, odamzod insoniyat/ bashariyat, shovullamoq/
shivirlamoq, to‘qillamoq/ taqillamoq, chaqa / mayda, chaqimchilik / chaquv
Matnni o‘qing.
ENG AVVALGI SO‘Z
Holiqi olamning “Bo‘l” degan birgina so‘zidan borliq yaralgan, inson
bunyodga kelgan. Odamzod tilga kirib u aytgan birinchi so‘z nima edi? Bu
savolga javob hech bir kitobda yo‘q. Olimlar, insoniyatning ilk so‘zlari tovushga
taqliddan paydo bo‘lgan, deydilar. Darhaqiqat, qadimgi ajdodlarimiz tog‘dan
shovullab tushgan suvni shovva, shar-shar to‘kilganini sharshara degan.
Qushlarning churq-churq qilgani chumchuq, lak-lak qilgani laylak (aslida
laklak), qag‘illagani qarg‘a, bul-bul deya yoqimli sayragani bulbul_bo‘lgan.
Keyinchalik o‘zi yasagan buyumlarga ham shu tarzda nom bergan. To‘qillab
urilgani to‘qmoq, tuyoq ostida taqillagani taqa, zangillagan qo‘ng‘iroq zang
deb atalgan. Bu ayon, lekin birinchi so‘z nima edi?
Yurtimizda yuz ming yil muqaddam yashagan neandertal odamning Tarix
muzeyidagi qiyofasiga qarab o‘ylayman. Xayol qilamanki, rosmana insonga
aylanmagan bu ibtidoiy ong egasi toshni toshga urib, chaq etgan tovushni
eshitgan-u chaq, deya ovoz chiqarib, o‘zining birinchi so‘zini aytgan. Toshni
toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘oq chaqqan, bolasiga
ham “Chaq!” deb buyurgan.
Bora-bora toshdan o‘t chiqarib uni ham ”chaq” dedi. Ko‘kda “chaq” etib
yongan olov ham chaq bo‘ldi. Keyinchalik chaqmoq, chaqin, chaqmoqtosh
so‘zlari paydo bo‘ldi. Tosh bir-biriga urilganda uchgan yeri chaqa, toshga
qoqilganning barmog‘i chaqa. Ko‘p gapirganning tili chaqa.
Tosh maydalab chaqa degan inson ming yillar o‘tgach, pul maydalab chaqa
dedi. Mayda bolalarini ham bola-chaqa dedi.
118
Taraqqiyot insonga aql va zakovat berdi. Zakovatli inson tosh chaqishni
qo‘yib gap chaqishga o‘tdi. Toshdan o‘t chiqargan bo‘lsa, gapdan alanga
chiqardi. Gap chaqib o‘z qardoshining honumoniga o‘t qo‘ydi.
Gap chaquvchining oti ham chaqdan uzoqqa ketmadi. Uni chaqimchi,
Do'stlaringiz bilan baham: |