Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
chaqmachi dedilar. Chaqimchining ishi ilonning tishidan og‘riqli va xatarli. Ari,
ilon-u chayonning nashtar urishini ham besabab chaqish demaganlar. Demak, chaqimchi bilan gazandaning hunari bir. Chaqmachaqarning ham katta-kichigi bo‘lar ekan. Birovning gapini birovga aytsa, bu chaqimchilik, insonning gapini yuqoriga, podsholikka yoki hukumatga yetkazsa chaquv bo‘ladi. Chaquv oldida chaqimchilik holva bo‘lib qoldi. Chaqimchilikdan bir insonga ozor yetsa, chaquvdan yuz minglarning yostig‘i qurigan. Chaquv davlat siyosati darajasiga yetib, chaquvchi tengsiz qudrat sohibi bo‘lgan zamonlarni ko‘rdi jafokash xalq. Bir imzosiz maktub insonning emas, butun bir avlodning, urug‘-aymoqning honumoniga o‘t qo‘yuvchi gugurt bo‘ldi. Inson gugurt yondirishni ham gugurt chaqish degan. Bashariyat tosh chaqishdan so‘z mag‘zini chaqishgacha bo‘lgan masofani million yillar ichida bosib o‘tdi. Biz ham sizlar bilan chaq so‘zining achchiqqina mag‘zini chaqdik, “chaq” to‘g‘risida chaqchaqlashib oldik. Siz bu so‘zlarning hazil ekanini anglab turibsiz! Lekin ayonki, har qanday hazil ostida bir chimdim haqiqat yotadi. ( Erkin Vohidovdan) Matn bo‘yicha topshiriqlar I.Savollarga javob bering. 1. Olimlar birinchi so‘z qanday paydo bo‘lgan deb taxmin qiladilar? 2. Chumchuq, to‘qmoq so‘zlari qanday paydo bo‘lgan? 3. Muallif fikricha, ibtidoiy odamning ilk so‘zi qanday paydo bo‘lgan? 4. “Ko‘p gapirganning tili chaqa” nima degani? 5. “Chaqimchi” so‘zining “chaq” so‘ziga qanday bog‘liqligi bor? 6. Ari chaqmoq va gap chaqmoq nima degani? 7. Chaqimchilik va chaquv so‘zlarining qo‘llanishida qanday farq bor? 8. “Mag‘zini chaqmoq” iborasining ma’nosi nima? II. Quyidagi gaplarda fe’llarni majhul nisbatga aylantiring. 1. Keyinchalik o‘zi yasagan buyumlarga ham shu tarzda nom bergan. 2. Toshni toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘oq chaqqan, bolasiga ham “chaq!” deb buyurgan. 3. Birovning gapini birovga aytsa, bu chaqimchilik, insonning gapini yuqoriga, podsholikka yoki hukumatga yetkazsa, chaquv bo‘ladi. 4. Inson gugurt yondirishni ham gugurt chaqish degan. 119 5. Bashariyat tosh chaqishdan so‘z mag‘zini chaqishgacha bo‘lgan masofani million yillar ichida bosib o‘tdi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling