113
3-mashq. Aniq nisbatdagi gaplardan majhul nisbatdagi gaplar hosil
qiling.
Namuna: Dekan talabalarni majlislar zaliga yig‘di. / Talabalar
majlislar zaliga yig‘ildilar.
1. Men o‘qituvchi bergan barcha topshriqlarni bajardim.
2. Sorbonnani
faqat fransuzlarning emas, balki butun Yevropa mumtoz
ta’limotining etaloni deb hisoblaydilar.
3. Men o‘qigan kitob juda qiziq ekan.
4. Zamira sekin pardani yopdi.
5. O‘zbekiston bu yil paxtadan mo‘l hosil oldi.
6. Yurtimizda kishilarimiz o‘z
milliy qadriyatlari, udum va an’analarini
hurmat qiladilar.
7. Tilni ham milliy qadriyat deb hisoblaydilar.
8. Xalq sumalak haqida turli rivoyatlar to‘qigan.
Tinglang.
Beshuk.
I.
Berilgan so‘z va birikmalarni tarjima qilib tushuntiring.
Xalq udumlari,
beshik tebratmoq, g‘ichirlamoq, alla aytmoq, shirin
qo‘zim, toychog‘im, munchog‘im, do‘ppi, gavrapo‘sh,
joy solmoq, yo‘rgak,
isiriq, yo‘rgaklamoq, avaylamoq, ko‘rpacha, tekkizmoq, bukmoq, mamnun,
jilmaymoq, yig‘lab
yubormoq, boyadan beri, indama, yotmoq, yo‘l olmoq.
II. Savollarga javob bering:
Voqeani kim so‘zlab beryapti?
Bolaning oilasida qanday yangilik bo‘ldi?
Alla qo‘shig‘ida bola nimalarga o‘xshatildi?
Beshik qanday yasatilgan edi?
Lazokat xola nima qildi?
III. Quyidagi parchalardagi harakat sababini tushuntiring.
“Ammam xokandozda tutab turgan isiriq ko‘tarib kirdi.
Harsillab nafas
olgancha allanimalar deb pichirladi, beshik atrofida xokandozni aylantirdi”.
Ukamning chap oyog‘ini bukib, tizzasini o‘ng qo‘lining uchiga tekkizdi.
– Yetdimi? –
degan edi, uy to‘la xotinlar qiy-chuv qilib yuborishdi.
– Yetdi! Yetdi!
Do'stlaringiz bilan baham: