Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Janoza o‘qilayotganida imomga ergashish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Janoza o‘qilayotganida imomga ergashish
Janoza namozi boshlanganidan keyin, kech qolgan kishi niyat qilib, imomning keyingi takbirini 
kutadi. Ikkinchi takbir aytilganida iqtido qiladi. Imom salom bergach, tobut olinmay turib, faqat 
qoldirgan takbirlarini aytadi. Agar u imom takbiri tahrima aytganida hozir bo‘lib, undan sal kechikib 
qolgan bo‘lsa, ikkinchi takbirni kutmasdan darrov imomga ergashadi. Janozaning oxirgi to‘rtinchi 
takbiridan keyin, salomdan avval kelgan kishi janozaga yetisholmagan hisoblanadi. 
Janoza namozini qaerda o‘qish joiz
Janoza namozini tobutni masjidning ichiga qo‘yib, gobut masjid sirtida bo‘lsa-da, jamoatning bir 
qismi masjid ichida bo‘lgan holda o‘qish makruhdir. 
Izoh: Ba’zi olimlarga ko‘ra, tobut (janoza) jamoatning bir qismi bilan masjid tashqarisida va 
jamoatning bir qismi masjid ichida bo‘lib o‘qilgan janoza makruh emas. 
Go‘daklarga (kichknna bolalar) janoza o‘qish
1. Tug‘ilayotganida o‘lgan go‘dakning yig‘lash, qimirlash kabi sog‘ligini bildiradigan nishonalari 
ko‘rilgan bo‘lsa, ism qo‘yilib, yuvib, janozasi o‘qiladi. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
2. Biroq (qimirlash, qichqirish kabi) hayot nishonasi ko‘rilmasa, (go‘dak) yuvilib, ism qo‘yilib, 
matoga o‘rab ko‘miladi, janoza o‘qilmaydi. 
3. Musulmon bo‘lmagan ota-onaning biri bilan birga asir olinib, o‘lgan bolaning holati ham 
shunday. Biroq ota-onasidan biri yoki bolaning o‘zi musulmon bo‘lsa, yoxud (ota-onasiz, yolg‘iz o‘zi) 
asir olinsa (o‘lganida), janozasi o‘qiladi. 
Izoh: Negaki ota-onasi yonida bo‘lmay, bolaning o‘zi musulmonlarga asir tushsa, ota-onaning 
ta’siri (ularning diniy e’tiqodi) ostida qolmay, Islom jamiyatida katta bo‘lib, ehtimol, musulmon bo‘lar 
edi. Shu sababli kichikligida o‘lsa ham, katta bo‘lganida musulmon bo‘lishi ehtimoli bilan musulmon 
bolasi hukmida janozasi o‘qiladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling