Microsoft Word oz-oz urganib dono bolur lot ziyouz com doc


FARZAND - OTA-ONA ZIYNATI


Download 0.74 Mb.
bet39/51
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#233507
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
Shorasul Zunnun. Oz-oz o'rganib dono bo'lur

FARZAND - OTA-ONA ZIYNATI

Qadim zamonda bir shahar boshlig‘ining xotini shahardagi mo‘‘tabar odamlarning xotinlarini ziyofatga da’vat qildi. Mehmonlar tayin etilgan vaqt-da tashrif buyurdilar, o‘rindiqqa o‘tirib, ovqat kelguncha, o‘zlarining qimmatbaho kiyimlari, zirak, uzuk, zebigardon kabi taqinchoqlar haqida so‘z yuritdilar, juda qimmatli ziynat asboblariga zga bo‘lishlari bilan faxrlandilar.

Shu vaqt sodda kiyim kiygan, ziynat asboblarini taqmagan bir yosh xotin kirib keldi. Bu xotin ziyofat egasining singlisi edi. Salom berib mehmonlar bilan ko‘rishdi, keyin bo‘sh bir o‘rindiqqa kelib o‘tirdi. Mehmonlar bu xotin ziyofat egasining singlisi ekanini bilardilar, lekin uning sodda ekani, zeb-

ziynat narsalarini taqmagani uchun hayron bo‘lib undan:

— Nega sodda kiyingansiz? Zirak, uzuk, zebigardon kabi qimmatli narsalaringiz yo‘qmi?—deb so‘radilar. U xotin:

— Menda sizlarning qimmat baholi asboblaringizdan ko‘ra qimmatliroq zeb-ziynatlar bor,— dedi.

Mehmonlar ko‘rishni istagan edilar, u xotin tashqariga chiqib bir o‘g‘il, bir qiz, ikki yosh bolani yetaklab keldi, ularni mehmonlarga ko‘rsatib:

— Mening jonimdan ham qimmatli zeb-ziynatim mana shulardir. Bu do‘ndiqlarimni otamning bolalari yoniga qo‘yib, sizlarning yoningizga kirgandim. Ayting-chi, ota-ona uchun farzanddan ham qimmatli narsaning bo‘lishi mumkinmi? Sizlarning zeb-ziynat deb o‘ylagan narsalaringiz farzand oldida hech darajasiga tushib qoladi. Keling, o‘ylagan puch ziynatlaringizga emas, sevimli farzandlarin-giz tarbiyasiga ahamiyat bering, sevimli do‘ndiqlaringizni odobli, axloqli, g‘ayratli, jasoratli etib o‘stiring, suhbatingiz, fikringiz, zikringiz mana shu to‘g‘rida bo‘lsin. Farzand—ota-ona ko‘rki, ziynati, hamma ziynatlarning ziynati, buni esdan chiqarmang,—dedi.

Bu oqil, dono xotinning haqqoniy so‘zlaridan mehmon xotinlar ta’sirlanib, sukut etib o‘ylab qoldilar.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling