Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
Munavvar ikkinchi qo‘lini ham qattiq tutib turdi. So‘ng o‘z holiga qo‘ydi. 
— Komila, mayli sizni kechiraman. Oldimdan keting, — dedi. Kelin jahlga mindi. Tinglamadi, 
yana urishmoqchi bo‘ldi. Faqat yuz-ko‘ziga chaqmoqday tushgan shapaloq uni dovdiratib qo‘ydi. 
O‘zini tutib yana hujumga o‘tdi, bu safar ustma-ust ikki shapaloq tushgach, esankirab qoldi. Chunki bu 
avvalroq urgani uchun olingan o‘chgina bo‘lmay, haqiqat uchun tushirilgan zarba edi. Kelin takror 
hujumga o‘tmoqchi bo‘ldi. 
— Komila, siz uch marta urdingiz, men ham. Keling yarashaylik xohlasangiz, yana bir marta 
oshiqcha uring. 
Kelin e’tibor bermas, uraman-o‘ldiraman deb uyatli so‘zlar bilan haqoratlardi. Munavvar bu so‘zlar 
ta’siriga berilmadi. O‘zini bosib olgan edi. Shu sababdan uni o‘z holiga qo‘yib, tashqariga chiqa 
boshladi. Lekin bexosdan sochlari tortildi. Qattiq og‘riq sezgach, odamgarchilikni bilmagan bu 
kelinning adabini berib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu orada Komila Munavvarning sochlarini tortib silkitardi. 
Sochlari tubidan sug‘urilgandek og‘rir, ko‘zlari yoshlanar, qo‘llari bilan uning bilaklarni siqardi. Qattiq 
siqdi. Nihoyat barmoqlari bo‘shab, sochlari bu iflos qo‘ldan xalos bo‘ldi. Bilaklari biroz jonlansin deya 
indamadi. Qo‘llari darmonsiz paytda urishmoq muruvvatdan emas, deb o‘yladi. Lekin kelin takror 
tashlanib krldi. Munavvar uni yana tutdi. 
— Tashvishlanma, yana urishamiz. Faqat qo‘llaring og‘ridi. Bir oz dam ber. 
Lekin hirs Komilani qo‘zg‘ar, haqoratlab, tashlanar edi. Qarab turishdan foyda yo‘q. 
— Tinchimadingmi, mana ol, tinchi! Tipirchilashi, tashlanishiga qaramasdan shapaloq ostida 
Komilaning vujudi holsizlanib, yana ustma-ust tushgan zarbadan darmoni qurib, chayqalib qoldi. 
Munavvar uni quchoqlaganday bukdi va ostiga bosib oldi. Urush uchun emas, tavba qildirmoq uchun 
shunday qildi. Komilaning tarbiyaga muhtojligi kunday ravshan edi. 
Nihoyat tarbiyaning birinchi darsi uchun shuni kifoya bilib to‘xtadi va tashqariga chiqdi. Oqshom 
yaqin edi. Qaynonasi qaydandir keldi. Oshxona tomonga o‘tdi. Kelin borib yuz-qo‘lini yuvdi. 
Munavvarning yonidan o‘tayotib: 
— Ko‘rsatib qo‘yaman, senga — deya ming‘illadi. 
— Nasihat qildim-tushunmadingiz, odobsizlik qilib oxiri kaltak yedingiz. Agar aqlingizni yig‘ib 
olmasangiz, biling-ki, bu boshlanishi. Ikkinchi martasida yomon uraman. Tayoq bilan tarbiyalash sizga 
yoqadiganga o‘xshaydi. 
Kelin mag‘lubiyatni hech qabul qilolmayotgan edi. 
— Kim kimni uradi, ko‘rasan, nimalar qilarkanman seni. Hech narsa qilolmasdi. Qo‘lidan 
po‘pisadan boshqa hech narsa kelmasdi. 
Birinchi ishni uning aytganlarini bajarmasliqdan boshladi. Nima deyapsan, demadi. Eshitmaganday 
turdi. Bilmaganday yurdi. Maqsadi — uni hurmat qilmasligini bildirmoq. Ba’zan hatto uning 
aytganlarining tamoman teskarisini bajarardi. Qaynona janjallardan xabarsiz edi. Kelin borib meni 
Munavvar urdi, deyolmasdi. Munavvar esa maqtanmaydi. 
Munavvar bilan bo‘lgan ikkinchi janjaldan keyin chamasi yigirma-yigirma besh kunlar o‘tdi. Uyda 
yangi kelin va qaynona orasidagi vaziyat nihoyatda tarang tortilgan bir payt. Go‘yo ikki kelin orasida 
endi bunday hol yo‘qday ko‘rinardi. Lekin yangi kelin va qaynona bir-birini ko‘rganda ho‘rpayishardi. 
Aslida bu holatning mag‘lubiyat eshigida qaynona turardi. Jangda g‘olib chiqish uchun emas, bir oz 
kechroq taslim bo‘lish uchun qo‘lida qolgan qurol-yarog‘lardan foydalanayotgan yarador jangchi 
holiga tushgandi. Ne qilarini bilmasdi. Bugunga qadar bir gapini ikki qilmagan katta kelinidan yordam 
umid etolmasdi. Uning xonimlik sha’niga, tarbiyasiga endi tan berar, dildan qadrlar, ammo endi buning 
qanday foydasi bor?! Bugungacha uni xafa etmoqdan, kelgan-ketganga g‘iybat qilmoqdan boshqa unga 
ne karomat ko‘rsatdi-ki, bugun undan ikkinchi kelinga qarshi yordam so‘rasin? Yordam so‘rasa: 
"Yaxshilikka yomonlik qilib, endi yordam so‘rashga uyalmaysizmi?" demaydimi? Shunday desa, yana 
ne kuyga tushadi? 
Bugungacha Munavvardan yomonlik ko‘rdimi? Yo‘q. Ammo u ham kelin. Hech bir kelin 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling