Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 masalani gaplashmoqchi. — Ona, siz bilan biroz gaplashib o‘tiraylik, — dedi. «Ona» so‘zi qaynonaga xush yoqdi. Kichik kelindan bunday so‘zni eshitish amrimahol. Ba’zan «qariya», ba’zan «kampir», deb kamsitadi, ba’zan, masxaralab «sevimli onajonim», deydi. Komilaning oldida Munavvarga chindan tan berardi. Dardli edi, dardli bo‘lganidan umidsiz edi. Uningcha hech iloj qolmagan. Suhbatdan ne naf? Boshini «Hayhot, hammasi tugadi», deganday tebratgach: — Nimani gaplashamiz, qizim? — dedi. — Uydan turmushning toti ketib qolmadimi ona! — dedi. Qaynonaning ko‘zlarida yoshlar yiltilladi. Ro‘molchasi bilan artdi. — Nimalar dedingiz, qizim? Kanaqa turmush? Kundan-kunga kunlarimiz qiyin kechmoqda. Kundan-kunga battarlashmoqda. Ko‘rmayapsizmi, ona-boladay yashagan kunlarimiz qani? To‘g‘ri so‘zlardi qaynona. Ona-qizday yashadilar. Ammo o‘sha hayotda o‘ziga qanday foydasi tegdi. Agar kelini Munavvar sabr etmasa, ona-boladay yashashlari mumkin edimi? — Ona, birgalashib biror chorasini topamiz. — Qanaqa chora topilardi, qizim? Ko‘rmaysizmi, nima desangiz, betga chopadi. Quloqsiz xilidan ekan. Gapni tinglamaydi. — Ruxsat bersangiz, bu ishni o‘zim hal qilaman. — Qanday qilib qizim? Biror kimsa eplaydigan narsa emas. — U yog‘ini menga ko‘yib bering. Faqat bundan so‘ng indamang. Uni qil, buni qil demang. Nima qilishi kerak bo‘lsa, men bajaraman. Siz faqat kuzating. — Siz bilan urishsa, sizni ursa-chi qizim?! — Ursin. Meni urmasa, sizni uradi. — Mayli, bilganingizni qiling. * * * Bir kundan so‘ng... Kichik kelinning qovog‘i odatdagidek soliq. Har kungiday hozirlangan dasturxon atrofiga kelib o‘tirdi. Nonushtadan keyin doimiy odatiga ko‘ra bir-ikki soat qaytib chiqmaydigan bo‘lib xonasiga kirib ketdi. Bugun qaynona Munavvarning taklifiga binoan ishga aralashmaydi. Ikki kelin yuzma-yuz keladi. Yuvvosh Munavvar bilan badjahl, o‘jar Komila orasida maroqli tomosha bo‘ladi. Komila Munavvarning so‘ziga kirmasliga sababli janjal chiqishi aniq. Dasturxondan turib bir chetga o‘tib olgan qaynona hayiqardi. Munavvar ovqatini yeyar-emas, uyiga kirib ketgan kelin ortidan: — Komila bir daqiqa chiqasizmi? — deya chaqirdi. Qaynonaning xayoliga janjal keldi, sochlari yulingan kichik kelin ostida chirpingan Munavvar ko‘z oldiga keldi: — Ehtiyot bo‘ling, janjal qilmang, — deya yolvordi. Munavvar javob bermagan kelinni yana balandroq ovozda chaqirdi. — Komila, bir daqiqaga chiqing. Deraza ochildi: — Nima deysiz? — Bir daqiqaga chiqing, sizga aytadigan gaplarim bor. Komila keldi... — Nima deysiz, mana keldim? Shu dasturxonni yig‘ishtirib qo‘ysangiz. Mening tashqarida ishim bor edi. — Xonim afandi aytadiganlari shumi? O‘zlarining tashqarida ishlari bo‘lsa, mening ichkarida ishim bor. Yig‘ishtirsinlarda, keyin tashqaridagi ishlarini bajarsinlar. — Hammaning ham ichkarida o‘ziga xos ishlari bor. Faqatgina sizning emas. Ammo ko‘ryapsiz-ki, bu ishlarni men bajaryapman, siz uyingizga kirib olyapsiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling