Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
Xohlasam chiqaman, xohlasam o‘tirib olaman. Sizga aloqasi yo‘q. Ish qilishni xohlamasangiz, 
siz ham uyga kirib o‘tirib olardingiz. Onamiz nega ishlamaydi? 
— U ishlamaydi. Ishlatmayman ham. Barcha ishlarni men qilib, siz uyda bemalol o‘tirsangiz Alloh 
rozi bo‘larmikan?! 
— Men rozi bo‘lsam, shu yetarli! 
— Komila sizga bir narsa aytaman! Bundan buyon bu uyda men qancha ishlasam, siz ham shuncha 
ishlaysiz. Onam ikki oy avval ishlarimizni taqsimladi, biror ish qilmadingiz. Bir kun insofga kelar, 
vijdoniga quloq solar dedim, bo‘lmadi. Endi bugundan boshlab har ishni teng bajaramiz. 
— Bajarmasam-chi? 
— Bajarishga majbursiz. 
Bu orada janjal chiqishini sezgan qaynonaning yuragi qattiq urar, qo‘l oyoqlari qaltirardi. Ammo 
uning gapiga kim kirardi, kim quloq solardi?! 
— Kim majbur etarkan, ko‘ray-chi? 
— Men! 
So‘ng hayqirdi: 
— Tez yig‘ishtir dasturxonni, jahlimni chiqarma!
Munavvarning ovozidaga shiddat qaynonasini qo‘rqitib yubordi, sapchib tushdi. Munavvar Komila 
tomonga ikki odim otdi; zora janjalsiz bajarsa. Komilaning yuz-ko‘zidagi shishlar hali ketgan emas. 
Ikki marta mag‘lub bo‘lgani esiga keldi, tashlanmay jim turdi. Yana bir tomoni; agar tashlansa, sngilib 
qaynona oldida sharmanda bo‘ladi. Maqsad qaynonani bukmoq ekan, Munavvardan mag‘lub bo‘lishga 
chidash qiyin. Ammo bu holda mushtlarini tugib, itoat qilishdan boshqa chora yo‘q. Ming‘irlanib, 
dasturxonni yig‘ishtirishga tushdi. 
— Undan keyin kirlarni yuving. Men bog‘ni supuraman, — deya buyruq berdi Munavvar. Keyin: 
— Agar xohlasangiz, bog‘ni siz supuring, kirni menga qoldiring, — deb tashqari chiqdi. 
Qaynona hayratlandi; shu paytgacha sassiz, sadosiz Munavvar, besh daqiqa ichida qaysar, qaytmas 
Komilani urish-janjalsiz taslim etdi. Albatta, qaynona avvalgi ikki janjaldan xabarsiz edi. Hayron 
bo‘lardi qaynona; bunday jasoratli Munavvar bugungacha qanday va nechun o‘ziga itoat etdi? 
Qo‘rqarmidi? «Ha» demoqni yo‘qqa chiqargandi hozirgi holat. Bu itoat Munavvarga yaxshi muomala 
qilganidanmi? Tamoman vijdonsiz bo‘lsaydi «Ha» deb javob bergan bo‘lardi. Qolgan birgina asos — 
Munavvarning yuksak xonimlik sha’ni, ayollik sharafi edi. To‘g‘ri so‘z ham, to‘g‘ri hukm ham shu! 
Kunlar o‘tishi bilan malak yuzli Munavvar aytgan har bir ishni istasa-istamasa Komila ado etadigan 
bo‘ldi. Qaynona bu darddan uzoqlashdi. Endi qaynona o‘rnini o‘z-o‘zidan Munavvar ola boshladi. 
Ertalabdan ishlarni taqsimlardi: 
— Shularni siz bajaring, mana bularni men, xohlasangiz almashib olib yoki barobar, teng 
bajaramiz, — derdi adolat yuzasidan taklif etib, ixtiyoriga qo‘yib, xohishiga qarardi. Komila istar-
istamasdan itoat etardi. U sekin-asta ishga o‘rgangan sayin Munavvarning ham chimirilgan qoshlari 
joyiga tushib, sekin-sekin yuzi yorishib borardi. 
Bir oycha vaqt o‘tgandan so‘ng bu uyda qaysarligi ketgan itoatli, uy ishlariga ancha qobil Komila 
bilan unint dag‘alligini mag‘lub etgan, go‘zal bir muomala bilan yo‘lga kiritgan Munavvar va bu 
holdan mamnun qaynona yashardi. 
Mana, Munavvar xonimning Amina so‘raganda javob bermagan aziyat va himmatu muruvatlarga 
to‘la kelinlik hayoti... 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling