Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

 
* * * 
Munavvarning butun hayotiga qaralsa, kichikligidan o‘rnak oladigan ayol ekanligi namoyon 
bo‘ladi. Xo‘sh, bu yetuklik, kamolot manbaining ildizi qaerda va nimada? 
Maktab va ta’lim-tarbiya insonni nimalarga erishtirishi mumkin, nimalar berishi mumkin? 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Ba’zilarga ko‘p narsa, kimlargadir hech narsa. Munavvar maxsus tarbiya beradigan bir maktab ko‘rgan 
emas. Diniy tahsil ham olmagan. Chunki zamonning diniy tahsil bilan hech qanday aloqasi yo‘q edi. 
Hatto bir kun muallim sinfda: 
Qani bolalar, Allohdan qand so‘ranglar-chi, berarmikan? — degan, hamma qand so‘ragan, bir 
ish chiqmagan, so‘ngra, — qani endi mendan so‘rab ko‘ringlar-chi, — degan, bolalar undan so‘ragach, 
qand tarqatgandi. Shu orada bolalardan bir qo‘lini ko‘tardi. 
— Nima deysan? 
— Muallim, onam menga qand yegizmaydi, tishing chiriydi, deydi. Qand o‘rniga menga olma 
bersangiz... 
Muallim shoshib qoldi. Uning maqsadi bolalarga, qand tarqatmoqdan tashqari Allohning borligi va 
yo‘qligi xususida bir-ikki so‘z aytmoq va natijada: «Mana undan qand so‘rasangiz bermaydi, men 
berdim» demoqchi edi. Lekin muammo chiqdi.Uning oldini olish uchun: 
— Senga ham ertaga olma keltiraman, — deb masalani yopdi. Ammo endi ikki qator oldindagi bir 
qiz qo‘lini ko‘tardi. 
Nima deysan, Munavvar? 
— Dugonam qand yemayapti. Boshqa hamma yeyapti. Men ham yemayman, u yolg‘iz qolmasin. 
Ertaga ikkimiz olma yeymiz. 
Masala cho‘zilib ketmasligani istagan muallim «mayli» dedi. Ammo olma so‘rab ololmagan 
bolaning xafaligi oldida, ko‘pgina do‘stlariga qand tarqatgani holda, bir bolaga olma berolmagan 
muallimning ko‘zbo‘yamachiligi sezildi. 
Ana shunday qiyofali maktab bolalarga yaxshi axloq berishi mushkul edi. Diniy tarbiyani uyda 
olish ham ancha qiyin edi. Lekin onasidan Qur’on va namoz o‘qishni o‘rgandi. Ozgina bo‘lsa ham 
diniy ma’lumot oldi. 
Munavvar, tug‘ma — fitratan pokiza edi. Fazilatlarining manbai va ildizi mana shu. Agar iste’dod 
yaxshi tomonga yo‘naltirilsa, bebaho inson bo‘lib, kamolotga erishadi. Shu yo‘l — Munavvarning 
hayot yo‘lidir. Yaxshi-yomonni nozik fahmlagani uchun shunday voyaga yetdi. 
Masalan, otasi oqshomlari horib-charchab qaytganida onasi noxush qarshilardi. Xo‘sh, onasi o‘zini 
otasining o‘rniga ko‘yib qarasa-chi? Qanday kutib olishini istardi? Bir kun bu savolga go‘zal javob 
topdi. 
Bog‘larida tut bor edi. Shu sabab qushlar, ayniqsa, chumchuqlar ko‘p bo‘ladi. Hatto yon devorga 
uya qurgan, in solgan qushlar ham bor edi. Munavvar ularni derazadan bemalol ko‘ra olardi. Bu 
uyalarning birida ertalabdan-kechgacha onasi va onasi keltiradigan yegulikni kutishdan boshqa narsaga 
yaramaydigan ikki polapon bor. Nogoh boshqa chumchuqlar sayrog‘i aro ularning ham shiddatliroq 
chirqillashi eshitilib qolar, bu onalari kelganidan ishorat edi. Va uyasidan oshib tushgudek talpinib: 
«Ona, menga bering, menga bering, ona», degandek bo‘lardi. Og‘izlar shu qadar katta ochilib ketadi-
ki!.. Ona naridan-beri to‘plab og‘zida olib kelgan yegulikni bo‘lib berib, tag‘in ularga rizq axtarmoq 
uchun uchib ketadi. 
Munavvarning otasi ham yaxshi kutib olinishi, bemalol dam olishi uchun sharoit hozirlab, birga 
sevinib, birga dard chekib insoniylik ko‘rsatilishi lozim emasmi?! 
Onasi qovog‘i soliq holda kutib oladi, otasining ko‘nglini Munavvar ko‘tarolmaydi. Xech bo‘lmasa 
ochiq chehra bilan kutib olsa, otasining boshi osmonga yetmaydimi? 
Bir kun devor chetida o‘rgimchakning to‘r to‘qishini kuzatdi. Tartibi yoqdi. Shu kundan boshlab 
uyga boshqacha bir fayz, o‘zgacha bir tartib kirdi. Boshqa kun katakdagi ikki tovuq, bir xo‘rozga don 
sochdi, ajabo, xo‘roz qichqirib tovuqlarni chaqirdi va ular to‘yguncha don cho‘qimay turdi. O‘zidan 
kichiklarga yaxshi muomala qilish, o‘zidan avval ularning g‘amini yeyish lozimligini o‘shanda chuqur 
angladi. 
Shu tariqa atrofidagi voqealardan kerakli xulosalar chiqarib, o‘z hayotiga tadbiq qilish 
Munavvarxonimning odatiga aylandi. 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling