Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 IX Munavvarxonim Aminani haftada bir marta, juma kunlari ota-onasinikiga olib borardi. Qaynonasi yonida Aminaning aytolmaydigan, maxfiy bir gapi yo‘q edi. Shu bilan birga u: — Amina bugun juma, qizim, menga bir joynamoz bering, ibodatni ado etayin, — der, bir xonaga kirib, uzundan-uzoq namozini o‘qib chiqar edi. Kelinligiga olti oycha bo‘lib qolgandi, bir gal onasi Aminadan turmushi haqida jiddiyroq so‘radi: — Qizim, har safar yaxshiman deysan. To‘g‘risini ayt, balki mening yordamim tegar. Ering, qaynonang bilan qalaysan? Shikoyating bormi, ayt, qizim. Amina har gal yaxshiman deb aytardi. Bu gal jiddiy bir tarzda: — Hamma ishim yaxshi, baridan mamnunman. Lekin qaynonamning bir kamchiligi bor. Oh, shu... Bo‘lmasa... Onaning yuragi hapriqdi: — Nima u, qizim? Amina jiddiyatini buzmasdan davom etdi. — Menga qaynonaligini ko‘rsatgani yo‘q. Men kelin emasmanmi? Boshqalarday bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Ulardan kam joyim bormi? Onasi hech narsani anglamadi: — Tushunmadim, qizim. Qaysi qaynonang? Qanaqa haq? Ochiqroq gapir, yuragimni siqma. — Hech ortimdan gapirmaydi. O‘zimga yomon so‘z aytmaydi. O‘g‘liga yomonlab, urdirmaydi. Kamchiligimni yuzimga solmaydi. Qizishmaydi. Nima qilay bunday qaynonani, ona?! Aminaning yuzi jiddiy, hazil alomatlari yo‘q; «Ajabo hazilmi, rost gapiryaptimi?» — Qizim, nimalar deyansan? Bunday fazilat qaysi qaynonada bor? Qaysi kelin shunday qaynonaga, shunday imkonga ega? Sen shundan shikoyat qilyapsanmi hali? Yo hazillashayapsanmi? Amina onasini tashvishga qo‘ymoqchi emas. Chidolmadi. Kuldi. — Ah, sen qiz, menga tegishyapsan, shundaymi? — deb onasi kulib yubordi. Picha kulib olgach Amina: — Hazillashdim, onajon. Allohga shukr, hech qanday shikoyatim yo‘q. Na qaynonamdan, na erimdan. Faqat sizlardan boshqa yashayapmiz, bu shikoyatga kirmaydi. Chunki o‘zingiz ko‘ryapsiz, har juma kelib guribmiz. Siz bilan, otam bilan ko‘rishyapmiz. Hasratga o‘rin yo‘q. Ahvolim yaxshn oulgach, nimadan shikoyat qilay, onajon?! To‘ydan so‘ng uch oy o‘tgach, bunday ko‘rishish masalasini Munavvarxonim qat’iy bir qoidaga bog‘ladi. Aminani juma kunlari onasining uyiga olib boradi. Bir gal shunday taklif bo‘ldi: — Oyshaxonim, bir taklifim bor. Aminani har hafta siznikiga olib kelyapman... Aminaning onasi gapni bo‘ldi: — Tabiiy, bu yer onasining uyi, har kun keling. U qizim bo‘lsa, siz opam. Shunday emasmi? Munavvarxonim davom etdi: — Mening aytmoqchi bo‘lganim shuki, Amina bu yerga juma kunlari kelyapti, men esa sizlarning tezroq ko‘rishib turishingizg‘i istayman. Buning u^gun siz ham haftaning bir kuni biznikiga borsangiz. Masalan, dushanba kuni. Shunda uch kunda bir ko‘rishgan bo‘lasiz. Mabodo yanada ko‘proq uchrashishni istasaigiz, marhamat, eshigimiz siz uchun doimo ochiq. Faqat o‘n besh kunda, oyda bir borayin demang, — dedi va o‘sha kundan boshlab, Amina dushanba o‘z uyida, jumada onasining uyida diydorlashuv imkoniga ega bo‘ldi. Download 363.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling