Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 kabi diltortar, zilol suvdek tiniq, o‘n to‘rt kunlik oydek sokin va mag‘rur Munavvar... Yoshligi keksaligidan go‘zal, keksaligi yoshligidan nuroniy butun hayoti odob pardasi bilan o‘ralgan, har bir harakati samimiyat bilan yo‘g‘rilgan Munavvar... Har bir qiz shunday bo‘la oladimi? Harakat qilsa, bo‘la oladi. Amina ham shunday ayol bo‘lishi uchun qaynonasidan o‘rnak oladi. Munavvarxonim Ramazon oyida saharlikni Aminani turg‘izmasdan o‘zi tayyorlashga harakat qiladi. Ulardan bir soat avval turar, qo‘li ish bilan, qalbi Robbi bilan band holda yegulik hozirlar, shu topda son-sanoqsiz musulmonlarning Yaratganga ibodat niyatida shirin uyqusidan kechib, turganligini o‘ylar edi. Og‘iz yonilishiga qirq-ellik daqiqa qolganda o‘g‘li bilan qizining eshigini sekingina taqillatib, ularni uyg‘otar, Aminaning: — Ona, nega meni uyg‘otmadingiz? Birga tayyorlasak bo‘lmasmidi? — deyishiga javoban kulimsirab: — Nasib bo‘lsa, keyingi Ramazonda birga turamiz, qizim, der, birga ovqatlanar edilar. Keyin esa har erining oldida bittadan «Kur’oni karim», Mustafo ularga eshitiladigan ovoz va ular kuzata oladigan tezlik bilan bomdod namozigacha o‘qiydilar, azon aytilishi bilan kitoblar hurmat bilan yopiladi, Mustafo bomdod nomozini jome’da o‘qish niyatida, har qadamiga savob yozilishini o‘ylay-o‘ylay yo‘lga chiqadi, uyda esa huzuri pokda hurmat bilan qo‘l qovushtirib turgan ikki ayol qoladi. Go‘yoki insoniyat bog‘ida ochilgan atirgul va uning bag‘ridan chiqib ochilmoqqa chog‘langan bir g‘uncha... Ramazon Amina uchun umri davomida o‘tkazgan barcha ramazonlardan barakaliroq keldi. Shu paytgacha tongdan oqshomgacha och yurishdan iborat bo‘lgan ro‘zaning mohiyatini onasida ko‘rgan o‘rnaklar yordamida angladi. Bir kuni Abdullohni hech ovutolmadi, unga baqirishga majbur bo‘ldi. — Qizim, bola baqirishni qaydan tushunsin? Bizga aytolmayotgan bir dardi bordir, — degan onasiga: — Ona, ro‘za og‘iz inson asabiylashadi. Qarang hech tinmayapti, — deb javob berdi. Munavvarxonim vazmin ohangda: — Amina, ro‘za asabiylashish uchun emas, asablarga hokim bo‘lish uchun tutilishi kerak. Inson ro‘zador bo‘lgan paytida tongdan oqshomgacha namoz o‘qiyotgandek, o‘zini ibodatda deb bilishi kerak, — dedi. Qaynonasi to‘g‘ri gapirayotgan edi. Chunki o‘zi ham har doimgidanda sokin, mulohazali edi ramazonda... Bir oqshom Mustafo qo‘lida tarvuz bilan ichkariga kirdi. Onam chanqagandir, iftorlikda muzday tarvuz yediray, duosini olay deb sotib olgan edi. Lekin tarvuzni so‘yganida hafsalasi pir bo‘ldi. Tarvuz xom chiqdi. Yuragi siqildi. Ham pul bekorga sarflangan, ham onasining ko‘nglini ololmagan edi. Dardini onasiga aytganida Munavvarxonim: — Xafa bo‘lma, o‘g‘lim, Alloh sendan rozi bo‘lsin. Meni xursand qilay deb olding-ku, shuning o‘zi yetarli. Men xursandman, — deb taskin berdi. — Ammo pul ham bekorga ketdi, ona. — Bunda ham bir xayr bordir, o‘g‘lim. — Bunda qanday xayr bo‘lishi mumkin? Bekordan-bekorga pul ketishi xayrmi? — Hozir sen istasang, yoki men, Mustafo, menga yana bitta tarvuz keltir desam borib olishga puling yetadi, to‘g‘rimi? — Xudoga shukr, ona, yetadi. — Holbuki oqshomgacha harakat qilib, urinib, bor-yo‘q topganini kundalik yeguliklarga yetkiza olmaydigan qanchadan-qancha odamlar bor, agar bu tarvuzni ular olganlarida borib boshqasini ololmas edilar. Hech bo‘lmasa, qo‘lida besh tangasi bo‘lmagan faqirga duch kelmasdan senga kelganiga shukr qil. O‘zi faqir va xasta bir kishisi ham bo‘lsa, nima qilardi u sho‘rlik? Mustafo boshini egdi va oldin aytgan so‘zlaridan xijolat chekdi. Download 363.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling