Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
ikki dunyoda uyaltirmasin. Ertang buguningdan yaxshi bo‘lsin. Faqat oqshomda menga bir lampa olib 
kel. Tunda qorong‘u bo‘ladi, atrofni ko‘ra olmayapman. 
Onamning bu so‘zlarini eshitib qanday ahvolga tushganimni tasavvur qila olmaysan. Men ham 
ta’riflab bera olmayman. 
— Turing, ona, sizning bu yerga ko‘chganingizdan xabarim yo‘q. Men unga ko‘rsatib qo‘yaman, 
turing, — dedim. 
— Turmayman, o‘g‘lim. Bor ishingga boraver. Sizlar pastda baxtli bo‘lsangiz, men uchun bu yerda 
yashash — saroylarda yashashdan afzaldir. Sen saodat ichida yashasang, men uchun eng katta saodat 
shudir. 
Pastga qarab baqirdim: 
— Sarob! 
Meni yuqoriga chiqarib, o‘zi pastga tushgan edi.
— Ha, Orif! 
— Bu yoqqa kel! Sarob keldi. 
— Menga qara, — dedim. — Razillik ustiga razillik qilayapsan. Men qachon senga "onam shu 
yerda yotsin" dedim? 
Xotinimning avzoyi birdaniga o‘zgardi: 
— Nima qilaylik Orif? Menga mehmonxona kerak. Hayhotday xonani qaynonaginam egallagan, 
men mehmonlar qarshisida xijolatdaman. Buiday narsalarga ortiqcha e’tibor berish yaramaydi. 
"O‘g‘lingiz shuni istaydi", deb xato qildimmi? Yoki kemshik bir kampirni deb meni ranjitasanmi? 
O‘shanda aytmagan bo‘lsang, endi ayt. 
Keyin onamga yuzlandi: 
— Mana, o‘g‘lingning o‘zi aytayapti. Mendan ayb qidirma. Bundan keyin sening joying shu yerda. 
Ovqatingni ham shu yerda yeysan. 
Menga qarab: 
— To‘g‘rimi, Orif, gapirsang-chi? — dedi. 
Miyamga qon quyilgan edi. Shallaqilikning, odobsizlikning bu darajasini hech kim ko‘rgan emas. 
Shiddat bilan hayqirdim. 
— Tezda to‘shakni yig‘ishtir. Onamni o‘z qo‘ling bilan xonasiga joylashtir, — deb buyurdim. 
Meni eshitmadi ham: 
— Nega tushar ekan? Mening uyimda qolishga qaynonamning nima haqqi bor? Chordoqning 
nimasi bo‘lmas ekan? — deb baqirdi. 
Onamga tegishli uyga kelgan kelinning uni chordoqda yashashga majbur qilishi aqlga sig‘masdi. 
— Ko‘rsatib qo‘yaman senga, tez to‘shakni yig‘ishtir, — deb u tomon yurdim. 
— Men ko‘tara olmayman. Kim keltirgan bo‘lsa o‘sha ko‘tarsin. Men bu yerda qaynonaga cho‘ri 
emasman. Asrandi xizmatkor ham emasman, — deb javob berdi. 
Demak, sho‘rlik onaizorim o‘z uyida shunday haqoratlanish ustiga ko‘rpa-to‘shakni olib chiqishga 
ham majbur qilingan. Ortiq toqat qilolmadim. Xotinimga tashlandim, uch-to‘rt shapaloq tushirdim. 
Nima qilayotganimni bilmas edim. Onamning qo‘limdan ushlashi bilan o‘zimga keldim. 
— Qo‘y, o‘g‘lim. Meni yaxshi ko‘rsang, bas qil. Xudo haqqi, bas qil, — derdi. 
To‘xtadim. Keyin to‘shakni oldim va pastga tushirdim. Xonasiga yoydim. 
— Ozgina hurmatsizlik qilsa menga ayting, — dedim. Uydan chiqdim. Qaynotamni qidirib topdim, 
voqeani aytib berdim. Oxirida: 
— Sizning onangizga shunday qilishsa nima qilgan bo‘lardingiz? — deb so‘radim. 
— Avvalo yaxshilab do‘pposlardim dedi. Men ham shunday qilganimni aytdim. 
— Qo‘ling dard ko‘rmasin, yaxshi qilibsan, o‘g‘lim, — dedi. So‘ngra: 
— Sen tush paytida uyda bo‘l. Men jomedan chiqishim bilan sizlarnikiga boraman. Bu ishni 
shunday qoldirib bo‘lmaydi, — dedi. Qaynotam tushdan so‘ng yetib keldi. Biroz suhbatlashdik. Keyin 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling