Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari
Ventilatorli purkagichning umumiy ko‘rinishi
Download 499.88 Kb.
|
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ventilatorli purkagichning texnologik ish jarayoni
rasm. Ventilatorli purkagichning umumiy ko‘rinishi:
1 - bak; 2 - magistral quvur; 3 - tebratish yuritmasi; 4 - ventilator, 5 - karnay; 6 - rotorli nasos; 7 - reduktor; 8 - chervyakli reduktor. Purkagichning texnologik ish jarayoni (173-rasm) quyi- dagicha: nasos (2) baklar (9) va (10) dagi ishchi suyuqlikni so‘rish magistrali (12), uch yo‘lli kran (15) va filtr (14) orqali so‘rib olib, filtr (5) va uzuvchi klapan (3) orqali pnevmodiskli uchlik (19) ga uzatadi. Uchlik (19) esa ventilator (1) karnayining og‘ziga o‘rna- tilgan. Uchlik (19) lardan chiqqan ishchi suyuqlik zarrachalarini purkash obyektiga uzatadi. Ishchi suyuqlikning ortiqcha qismi bosim sozlagich (7) dan uzatuvchi magistral (8) va (11) orqali bakka favvora kohinishida kiritiladi va u yerdagi suyuqlikni uzluksiz aralashtirib turadi. Harakat traktorning quvvat olish validan kardanli uzatma orqali reduktorga uzatilib, undagi harakat ventilator va nasosga keladi. Uchlik o‘rnatilgan ventilator karnayi o‘ng va chap tomonga burilib ishchi suyuqlikni sepish uchun ventilator g‘ilofi tros (zanjir) orqali tebranuvchan sektor bilan ulangan. Ishchi suyuqlik bosimi 0, 2-0, 5 MPa bodishi kerak. 319 Siyrak va past o‘sgan g‘o‘zalarga ishlov berishda agregat tezligi 6, 8-7, 5 km/soat, baland va qalin g‘o‘zali joyda tezlik kamroq qo‘yiladi. Purkash qurilmasini daqiqasiga 16-20 marta burilish, minimal qamrov kengligi esa kamida 25 m o‘rnatiladi. Paxtazorga purkashda ishchi suyuqlik sarfi 50-100 1/ga, bog4 va tokzorlarga purkashda- 125-600 l/ga qilib sozlanadi. rasm. Ventilatorli purkagichning texnologik ish jarayoni: 1-ventilator; 2 - nasos; 3 - uzuvchi klapan; 4, 16- kranlar; - manometr; 7 -regulator (sozlagich); 8, 11 - uzatish magistrali; 9, 10- baklar; 12 -so ‘rish magistrali; 13 - brandspoyt; 14, 17 -filtrlar; 15 - uch yo ‘lli kran; 17 - havzadan so ‘rish shlangi; 18-zaharli modda uchun idish; 19 - uchlik. Ventilatorli purkash qurilmasining o'rniga pnevmodiskli qurilma ishlatilsa, ishchi suyuqlik sarfini 25% ga kamaytirib, uni gektariga 50 / dan kamroq bodishiga erishish mumkin (qamrov kengligi 18 m o‘rnatiladi). Pnevmodiskli parchalash qurilmasi o‘ta yupqa (qalinligi 0, 35 mm) polietilen disklar va ular orasiga qistirilgan shaybalarni aylanuvchan asosga qisib qotirish natijasida yasaladi. Disk va shaybalar o‘rtasi g‘ovak bo‘lib, u yerga bosim ostida suyuqlik 320 yuboriladi. Disklarda kengligi 2,5 mm bodgan kanalchalar bodganligi sababli, nasos katta tezlik bilan (n = 15-20 ming ayl/min) aylanganida ko‘ndalang kesimi 2, 5 x 0, 35 mm bodgan kanallar bo'yicha, markazdan qochirma kuchlar ta’sirida g‘ovak ichidagi suyuqlik tashqariga ingichka favvorachalar ko'rinishida otilib chiqadi va ventilator shamoli ta’sirida 60-150 mkm diametrli tomchilarga ajraladi. Natijada, kichik miqdorlab purkash ta’minlanadi. Ventilator purkagich soatiga (toza ish vaqti) 15-18 ga dala ekinlariga, 3-5 ga bogdarga, 4, 5 - 4, 8 ga tokzorga ishlov berishi mumkin. Daraxt va tokzorga ishlov berishda qamrov kengligi 8 m, dala ekinlariga 15-30 m bodishi mumkin. Ishchi suyuqlikning sarfi 10-100 1/ga bodishini ta’minlay oladi. Soatiga 40 ming m3 gacha havo haydaydigan qo'shaloqlangan markazdan qochirma ventilator hamda 0, 5-0, 8 MPa (5-8 atm) bosim hosil qiladigan rotorli nasos ohnatilgan. Mashina 8 m uzoqlikkacha sepa oladigan brandspoyt bilan ham jihozlangan. Purkagichni ishga tayyorlashda parchalovchi uchliklar sonni n tanlanib, bir dona uchlikdan sepilishi lozim bodgan suyuqlik miqdori q aniqlanadi: Download 499.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling