Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari
Eritmani parchalanish darajasining samaradorlikka ta’siri
Download 499.88 Kb.
|
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC
Eritmani parchalanish darajasining samaradorlikka ta’siri. Kimyoviy modda eritmasini purkaydigan mashinalar va aerozol generatorlari eritmani har xil dispersiya (odchamlarning o'zgarish chegarasi) dagi zarrachalarga parchalab beradi. Yirik
301 tomchilarga parchalab ко‘р miqdorda purkalsa zarrachalar diametri 250 mkm dan kattaroq, oz miqdorlab purkashda 20-250 mkm, ultra oz miqdorlab purkashda esa 20-100 mkm bodadi. Aerozol generator kam dispersiyali (poli) tuman hosil qilganida zarrachalar 25-100 mkm, o‘rta dispersiyali tumanda - 5-25 mkm, yuqori (mono) dispersiyali tumanda 0. 5-5 mkm bodishi mumkin. Kimyoviy moddaning ta’siri uni purkashdagi zarra- chalarning mayda-yirikligiga bogdiq, tomchi qanchalik may- dalangan bodsa zaharning ta’siri shunchalik kuchli boMadi. Yirik tomchi zararkunandani kamroq zaharlaydi, o'simlikka tushgan joyini esa kuydirib, zarar keltirishi mumkin. Modda bir xil sarflangani bilan, mayda zarrachalarga parchalangan eritma o4simlikni bir tekis qamrab oladi va ko‘proq samara beradi. ОЧа mayda tomchilar barglarga kuchliroq yopishadi va ular shamol, yomg‘ir ta’sirida ham tushib ketmaydi. Ammo ochiq dalada o‘ta mayda zarrachalar shamol ta’sirida ishlov berilayotgan obyektdan chetga uchib ketishi mumkin. Paxtachilikda suyuqlik 80-120 mkm zarrachalariga parchalangani ma’qul topilgan. Kimyoviy moddani parchalaydigan maxsus uchlik o‘sim- likdan ma’lum masofada joylashtirilgan bodadi. Parchalangan zarrachalar o‘simlik barglariga havo oqimi yordamida yetkaziladi. Zarrachalarning hammasini o'simlikka todiq yetkazish uchun, sharoitga qarab havo oqimini laminar yoki turbulent rejimda harakatlantirish talab qilinadi. Laminar oqimda zarrachalar qatlami bir-biriga aralashmasdan, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanadi. Natijada mayda zarrachalarning barglar ostiga kirib borishi sodir bodmaydi va o'simlik chala namlanadi. Turbulent (sho‘x) oqimda esa mayda zarrachalar qatlamlari bir-birlariga aralashib, yo‘na- lishini ko‘p marta o'zgartirib harakatlanadi. Natijada tomchilar barglarning tagiga hamda shoxlarning panasida turgan joylariga ham yetib borishi mumkin. Yirik tomchilarning inersiya kuchi kat- ta bodganligi sababli, turbulent oqimiga kirib ketaolmasdan yo4- nalishini o‘zgartirmay, o‘simlikning yuza tomonidagi barglariga qo‘nadi. Ularning ko'pchiligi bargdan dumalab yerga tushib ketadi. Demak, eritmani parchalaydigan uchliklar tomchilarning turbulent rejimida harakatlanishini ta’minlab berishlari kerak. Ekinlarni 302 himoyalashda rejalashtirilgan natijaga oddiy purkash usuli bilan ishlov berishda har gektar maydonga 400 - 600 kg ishchi suyuqlik sarflab oz miqdorlab ishlov berishda 25 - 10 kg, ultra oz miqdorlab esa 0. 5 - 5 kg/ga sarflab erishish mumkin. Download 499.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling