Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari
-§. Kimyoviy himoyalash mashinasining asosiy qismlari va
Download 499.88 Kb.
|
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC
-§. Kimyoviy himoyalash mashinasining asosiy qismlari va
texnologik jarayoni Ekinzorga kimyoviy usulda ishlov berish mashinalari texnologik jaravonida quyidagi uchta operatsiyani bajaradi: zaharli moddani doza (me’yor)laydi, uni mayda zarrachalarga parchalaydi va hosil bo‘lgan zarrachalarni ishlov berish obyekti (joyi)ga uzatadi. Bunday mashina bilan ishlov berilganda maxsus rezervuar (idish)dagi maxsus suyuqlikni nasos yordamida kerakli bosim ostida parchalovchi uchlikka yuboriladi. Uchliklar eritmani zarrachalarga parchalab, ularga kinetik energiya berishi hisobiga (yoki kuchli havo oqimi yordamida) ishlov beriladigan o‘simlikka uzatadi. Har qanday mashina rezervuar, nasos, parchalovchi uchliklardan tuzilgan. Rezervuarlar polietilen, oynasimon plastik yoki zangla- maydigan podat tunukalardan tayyorlanib, idishning bo‘g‘ziga quyilayotgan eritmani suzadigan filtr, pastki qismiga tindirgich ohnatilgan bodadi. Rezervuarni toddirish uchun ejektorlar keng qodlaniladi. Rezervuardagi emulsiya yoki suspenziyaning kon- sentratsiyasi doimo bir xil bodishi uchun uni uzluksiz aralashtirib turadigan pnevmatik, gidravlik yoki mexanik aralashtirgichlar o‘rnatiladi. Nasoslar suyuqlikni uchliklarda parchalash uchun zarur bodgan bosim ostida yetkazib berishi kerak. Bosim ostida parchalangan zarrachalar purkash obyektiga yetib borishi uchun yetarli kinetik energiyaga ega bodishi zarur. 0‘simlikka uchlik o‘ta yaqin olib borilishi mumkin bodganligi sababli, bu ishni bajarish uchun 0, 2 - 1,0 MPa (2-10 atm), bogdardagi baland daraxtlarga ishlov berish uchun esa 2, 0 - 2, 5 MPa bosim talab qilinadi. Bosim hosil qilish pnevmatik yoki gidravlik nasoslar yordamida amalga oshiriladi. 303 Pnevmatik nasos havoni rezervuardagi suyuqlik ustiga haydab, u yerda ortiqcha bosim hosil qilishi tufayli, ishchi suyuqlikni siqib, magistral shlangga majburanyuboradi. Pnevmatik nasoslar qo‘l purkagichlarida ishlatiladi. Gidravlik nasoslar keng tarqalgan bodib, ular ishchi suyuq- likni bevosita o‘zidan o‘tkazib, katta bosim ostida parchalovchi uchliklarga yuboradi. Bu ishni amalga oshirishda porshenli, plun- jerli, markazdan qochirma, girdoblovchi, shesternali, diafragmali, membranali, rolikli, o‘qi bo‘ylab va boshqa turdagi nasoslar ishlatiladi. Porshenli va plunjerli nasoslar katta bosim (2, 5 - 3, 0 MPa), diafragmali, shesternali, rolikli nasoslar kichik bosimli (0, 5- 0, 6 MPa) purkagichlarda ishlatiladi. Nasos haydayotgan suyuqlik bosimi o‘zgaruvchan emas, bir tekis bodishi kerak. Download 499.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling