Favvorasimon uchliklar deflektorli yoki tirqishli turlarga boTinadi. Tirqishli uchlik juda sodda tuzilgan, lekin suyuqlikni polidispers zarrachalarga (-300 mkm) parchalaydi va mashinaning qamrov kengligi bo‘yicha bir tekis sepish imkonini beradi. Tirqishli uchlik uchta qismdan, korpus, filtr va qalpoqsimon gaykadan iboratdir. Korpusning tubi yarimsfera shaklida boTib, tirqish uni teng ikkiga boTadi. Bosim ostida kelgan suyuqlik, yarimsferani aylanib oTib, tirqishga ikki tomondan, bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda kirayotib, o‘zaro to'qnashadi, natijadaturbulent oqimli favvoradan otilib chiqayotgan suvga o'xshab, zarrachalar parcha- lanadi. Bunday uchliklar ham ventilatorli purkagichlarga oTnatiladi.
Deflektorli uchlik (166- a rasm) da naycha (8) dan otilib chiqayotgan favvorayoTigato'siq sifatidadeflektor (2) oTnatilgan. Konussimon deflektorga urilgan favvoracha 360° ga taqsimlanib, parchalanadi. Agar deflektor bir tomonga engashgan tekislik boTsa (166-b rasm), parchalar bir tomonga sochiladi. Tekis deflektorning qiyaligini o'zgartirib, parchalash darajasini hamda sochish
306
uzoqligini sozlash mumkin (ishchi suyuqlikning sarfini o‘zgar- tirmasdan).
rasm. Favvorasimon va aylanuvchan uchliklar sxemasi:
a - konussimon deflektorli; b - qiyayassi deflektorli; d-pnev-
matik; e - aylanuvchan diskli; f g — barabanli; 1- naycha;
2- deflektor; 3 -jo ‘mrak; 4 - karnaycha; 5 - disk; 6—to ‘rsimon
silindr; 7-baraban.
Pnevmatik uchlikda (166- d rasm) jo‘mrak (3) dan bosim ostida otilib favvorasimon chiqayotgan suyuqlikni karnaycha (4) dan katta tezlikda kelayotgan havo oqimi urib parchalaydi (pulverizatorga o‘xshab). Suyuqlikni parchalash darajasi karnay- chalarning joylashtirilishini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi. Par- chalashni kuchaytirish uchun bunday uchlik kuchli havo oqimi yodiga o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |