Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari


Download 499.88 Kb.
bet9/19
Sana18.01.2023
Hajmi499.88 Kb.
#1100057
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC

Bog‘bop uchlik 2,0-2,5 MPa bosim ostida ishlab, par- chalangan eritmani 4-5 m uzoqlikka sochadi. Bog'bop uchlikning dalabop uchlikdan farqi, girdoblash kamerasining kengligini sharoitga qarab sozlash imkoni borligidadir. Agar o‘zakni burab, qalpoqdan birmuncha uzoqlashtirilsa, girdob kamerasi kengayib, qalpoq ko'zidan otilib chiqayotgan zarrachalar yiriklashadi va uzoqroqqa otiladi. Aksincha, o‘zak qalpoqqa yaqinlashtirilsa, parchalanish darajasi yaxshilanib, zarrachalar disperslik che- garalari torayib, purkash konusi kengayadi va yaqinroq joyga ishlov berishning iloji tug‘iladi, ishchi suyuqlik sarfi kamayadi. Bog‘bop uchlikning ko‘zi 1, 0; 1, 5; 2, 0; 2, 5; 3, 0 va 4, 0 mm bo'lgan diafragmasi almashtirilib, turli balandlikdagi daraxtlarga brandspoyt bilan ishlov berish mumkin. Dalabop hamda bog‘bop uchliklarning ko'ziga yirik zarrachalar tiqilib qolishi kuzatiladi.
305


Ularga qaraganda birmuncha murakkabroq bodgan, ammo kam tiqiladigan tangensial uchliklar ham keng tarqalgan (165- b rasm). Tangensial uchlik korpusi (1) ning ichiga metallokeramik almashuvchan disk (6) o'rnatiladi. Uchlik ko'zining diametri har xil (1, 5; 2, 0; 3, 0 mm) boTgan almashuvchan disklar bilan jihozlanadi. Tangensial uchlik ishchi suyuqlikni yirikroq, poli- dispers (oTchamlarning o‘zgarish chegarasi katta) boTgan zarrachalarga parchalaydi.


Markazdan qochirma uchlik kichik bosimlarda ishlaydi. Suyuqlik uning korpusidagi dumaloq kameraga urinma yo4- nalishida bosim ostida kiritiladi. Natijada, suyuqlik girdobsimon aylanma harakatga kelib, diafragmaning oTtasidagi ko'zdan turbulent oqim bilan chiqib, parchalanadi va konussimon shaklda tarqaladi. Diafragma ko‘zining diametri 1, 5; 2, 0 va 3, 0 mm boTishi mumkin. Bunday uchlik suyuqlikni yirikroq parchalaydi va shamol ta’sirida qo‘shimcha parchalash uchun ular ventilatorli purkagichlarga oTnatiladi.

Download 499.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling