Microsoft Word qizlar tarbiyasi ziyouz com doc
Download 261.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Aliy Naziimoo. Qizlarning tarbiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIRIKLIK QILMAK SUVRATI
www.ziyouz.com кутубхонаси
12 salomatlikning yurt ichida xukm surmog‘i oila onasiga bog‘liqdir. Chunki rizqlar ila shug‘ullanuvchi faqat uginadir. U oshlarning xosiyatlarini, oshqozoni zaif bo‘lganlarga, keksalarga, bolalarga va boshqalarga qanday go‘shtning, qanday ko‘katning to‘g‘ri kelishini bilishi lozim. Shu bois bu o‘rinda osh tez singishi uchun zarur bo‘lgan narsalarni bildirib, so‘ngra eng kerakli oshlarni ko‘zdan kechirurmiz. Yeya turgan narsalar tish ila yaxshi chaynalishi kerak. Osh to‘g‘risida ikki narsani e’tiborga olmak kerak. Biri tanni saqlay turgan osh, ikkinchisi, tez singa turgan oshni tanlamaqdir. Sigir etidan pishirilgan sho‘rva tanga juda yaxshi ta’sir etadi. Qancha quvvatli bo‘lsa, shu qadar tez singadir, tanga foydali bo‘ladir. Ko‘p suv ila pishgan sho‘rva suvi ko‘p bo‘lganligidan singishli bo‘lmas, oshqozonga og‘irlik qiladir. Endigina kasallikdan tuzalganlarning, oshlari tez singmay turgan odamlarning oshqozonlari sho‘rvaning juda ozginasini qabul qila oladir. Yaxshi sho‘rva hozirlash uchun et sovuq suvga solinadir, agar qaynayotgan suvga solinsa, etning suvi qaynoq suv ila tezda quyuqlashib, et ham qattiqlashadir. Sho‘rvaga quvvati chiqmas. TIRIKLIK QILMAK SUVRATI Tiriklik qila bilish sihat uchun cheksiz keraklidir. "Har qachon to‘rt kasallikning uchtasi ikkinchi doriga muhtoj bo‘lmay, bori tiriklik biluv ila tuzaladir", degan odam juda chin so‘zlagandir, har kim o‘zini bilishi, tabiatiga qarab, o‘zining qanday suvratda tiriklik qilishini tajriba qilib, shul suvratda tiriklik qilish ila shug‘ullanishi kerak. "Xayru-l-umur avsatuho" deyilgani kabi, ya’ni har kim uchun o‘rtacha tiriklik xayrlidirki, bu ma’lum o‘lchovda et, suv, tuxum kabi mavoddi hayvoniyyalar va o‘lanlar ila rizqlanmakdir. Yolg‘iz go‘sht yoki o‘lan ilagina tiriklkk qiluv sihat uchun zararlidir. Shuning uchun et ila o‘lanlarni birga yemak kerak. Ovqatlanish aniq soatlarda bo‘lib, ikki ovqatlanishning orasi to‘rt soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Kechki ovqatlanish yotishdan uch-to‘rt soat avval bo‘lishi kerak. Ovqatlangan vaqtda suv ichmakchi bo‘lsangiz, quyuq ovqatlar yegan vaqtda ichish kerak. Ovqatlangan vaqtda bir necha bor suv ichilsa, juda foydali bo‘ladir. Salomatlik uchun oshlarning juda quvvatli narsalar solinmagani foydalidir. Ovqatni sekin, tamoman chaynab yemakni odat etish kerak. Shoshib ovqatlanish odamni osh singmay turgan kasalliklarga giriftor qilur. Odam yeydigan ovqatning miqdori uning ishlashiga, shug‘ullanishiga ko‘ra bo‘lishi kerak, ko‘prak ishlasa, ko‘prak yeyishi kerak. Xotunlarning tan ila, ham aql ila shug‘ullanuvlari erlardan ozroqdir. Shuning uchun yengilroq ovqatlar ila qanoat qiluvlari lozim bo‘ladir. Yeb bitirar-bitirmas shug‘ullanuvdan, ishga tutinuvdan saqlanish kerak. Agar gazeta o‘quv kabi bir yengil ish ila shug‘ullanilsa zarari bo‘lmas. Tuxumni saqlash uchun yuz ellik dirham so‘ndirilmagan ohakning ustiga asta-sekkn besh litr (yuz zllik dirham qadoqning choragi chamasidagi bir o‘lchov) suv quyib so‘ndiriladir. Bu suv o‘ttiz olti soat turgandan so‘ng tuxumlarning ustiga quyib qo‘yiladir. Bu tuxumlar uzoq zamon buzilmas. Ohakli suv tuxum po‘stlarini yumshatganidan tuxumlarni bu suvdan olgan vaqtda juda ehtiyotlik ila asta olish kerak. Tuxumlarnnng buzilmaganini bilish uchun nurga, yoruqqa tutib qaraladir. Tuxumlar qancha yorug‘, yaltiroq bo‘lsa, shu qadar yangi, qancha xira bo‘lsa, shu qadar eski bo‘ladir. Tuxumlarning yangi yoki eskiligini shunday usul bilan ham bilsa bo‘ladir: agar tuxum yangi bo‘lsa, to‘ppa-to‘g‘ri suvning tubiga tushadir, bir kun avvalgi bo‘lsa, eng tubiga tushib yetmaydir, agar uch kunlik bo‘lsa, suvning o‘rtasida suzib yuradir. Demak, tuxum qancha eski bo‘lsa, shuncha suvning yuziga chiqadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling