Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Dastlabki tashahhudga o'tirmoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 146-bob. Oxirgi tashahhudga otirmoqning vojibligi
- 147-bob. Namozda salom berishdan avval duo oqimoq
145-bob. Dastlabki tashahhudga o'tirmoq
Abdulloh ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan peshin namozini o'qidilar. (Ikkinchi rak'atdan keyin) tashahhudga o'tirishlari lozim bo'la turib, turib ketdilar. Namoz tugagach, o'tirgan hollarida ikki marta sajda qildilar». 146-bob. Oxirgi tashahhudga o'tirmoqning vojibligi Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o'qiganimizda: «Jabroil va Mikoilga salom, falonchi va pistonchiga salom»,— deb aytardik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Olloh taoloning ismlaridan biri — salomdir. Qaysi biringiz namoz o'qig'aydirsiz, «Barcha madhu olqishlarimiz, toat-ibodatu ezgu amallarimiz Olloh taologa munosibdir, ey payg'ambar alayhissalom, sizga Olloh taoloning salomi, rahmati va barakoti bo'lsin, bizga hamda hamma solih bandalarga ersa Olloh taoloning salomi bo'lsin!»—deb aytingiz. Agar shundoq (hamma solih bandalarga) desangiz, yeru ko'kdagi hamma solih bandalarga savobi tekkaydir»,— der erdilar. (Duoning davomi): «Ollohdan boshqa iloh yo'q, deb guvohlik berg'aydirmen, shuningdek Muhammad Ollohning bandasi hamda bizga yuborgan elchisidir, deb ham guvohlik berg'aydirmen». 147-bob. Namozda salom berishdan avval duo o'qimoq Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda «Ollohumma inniy a'uzu bika min azobi qabrin va a'uzu bika min fitnat-il-Masihi-d- Dajjoli va a'uzu bika min fitnat-il-mahyo va fitnat-il-mamoti, Ollohumma inniy a'uzu bika min-al-ma'sami va-l-mag'rami» degan duoni o'qir erdilar (Duoning ma'nosi: «Ilohi, meni qabr azobidan, Dajjol fitnasidan saqlag'il, tiriklikdayu o'lim oldida bo'ladigan fitnalardan asrag'il! Ilohi, meni gunohkor va kishilardan qarzdor bo'lmoqdan o'zing asrag'il!»). Shunda bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Nechun muncha, qarzdor qnlib qo'ymag'il, deb iltijo qilursiz?» — dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar kishi to'layolmaydigan darajada qarzdor bo'lib qolg'aydir, doimo yolg'on gapirg'aydir, va'da qilsa, ustidan chiqmagaydir»,— dedilar». Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz oxirida Dajjol fitnasidan asramoqni Ollohdan iltijo qilganlarini eshitdim»,— deydilar. Abu Bakr Siddiq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: Namozda o'qiydirgan bir duo o'rgating»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: . «Ilohi, men o'z jonimga ko'p zulm qildim, (bunday) gunohlarni sendan boshqa hech kim kechira olmag'aydir, faqat o'zing kechira olg'aydirsan. Ilohi, fazlu marhamatingni darig' tutmay, meni mag'firat qilg'aysen, mendan rahmatingni ayamagaysen, Sen gunohlarni kechirg'uvchi va bandalarni mag'firat qiluvchi zotdirsen! degan duoni o'qig'il!» — dedilar. Mazkur duoning arabchasi: «Ollohumma inniy zalamtu nafsiy zulman kasiro va lo yag'firu-z- zunuba illo anta, fag'firliy mag'firatan min indika varhamniy, innaka ant-al-g'afurur- rahiym». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling