Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Olloh taoloning hajga oid oyati kariymasi haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
33-bob. Olloh taoloning hajga oid oyati kariymasi haqida
Olloh taolo: «Haj muayyan oylarda bo'lg'aydir, kimki shul oylarda hajga niyat aylagan ersa, hajni nihoyasiga yetkazmaguncha shaloq so'zlarni aytmasin, fosiqlik va janjal qilmasin!» va yana: «Sizdan yangi oy chiqmog'i haqida so'rashg'aydir, yangi oy, odamlar vaqt va haj mavsumini belgilamoqlari uchun chiqg'aydir, deb ayting!» — deydir. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Shavvol va Zulqa'da oylarida hamda Zulhijja oyining o'n kunligida haj qiling'aydir»,— deganlar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Faqat haj oylaridagina ehrom bog'lamoq sunnat qilingandir»,— deydilar. Usmon raziyallohu anhu Xurosondan yoki Kirmondan ehrom bog'lab kelmoqni makruh, deb hisoblaganlar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz haj" oylarida, haj kechalarida va haj soatlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birgalikda yo'lga chiqib, Sarif degan yerga kelib tushdik. Janob Rasululloh sahobalar oldiga chiqib: «Qay biringiz qurbonlik olib kelmagan ersangiz-u, umraga niyat qilgan ersangiz, umraga ehrom bog'langiz, kimki qurbonlik olib kelgan ersa, bundoq qilmasin!»- dedilar. Shunda, ba'zi sahobalar umraga, ayrimlari hajga ehrom bog'lashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ayrim sahobalar, qudrati yetib, qurbonlik olib kelishgani uchun ham, umraga ehrom bog'lashdan mahrum bo'ldilar. Men bu so'zni tinglab, yig'lab o'tirgan erdim, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib kelib: «Ey zaifam, nega yig'larsen?» - dedilar. «Sizning sahobalaringizga aytgan so'zlaringizni eshitdim, men umra qila olmas erkanman»,- dedim. «Senga ne qildi?» - deb so'radilar. «Men namoz o'qiy olmasmen (ya'ni, hayz ko'rdim)»,- dedim. Janob Rasululloh: «Zarari yo'qdir, sen ham Odam Atoning qizlaridan biridirsan, Olloh taolo ularning peshonalariga nimaiki yozgan bo'lsa, senga ham yozgandir, hajingda davom qilaverg'il»- dedilar. Keyin, biz hajdan chiqib, Minoga keldik, u yerda men toza bo'ldim. So'ng, Minodan chiqib, Ka'bani tavofi ifoza qildik. Keyin, Janob Rasululloh birlan birgalikda Minoning ikkinchi kuni (Mino kunlari 4 kun bo'lg'aydir) yo'lga chiqib, Muhassab degan yerga kelib tushdik. Shunda, Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrni chaqirib: «Opang birlan ehromdan chiqg'il, opang umraga ehrom bog'lasin va umra ahkomlarini bajarib, shul yerga qaytib kelingiz, chunkim men sizlarni kutib turg'aymen»,- dedilar. Biz yo'lga chiqdik, men umra shartlarini ham bajardim, tavof ham qilib bo'ldim. So'ng, saharda Janob Rasulullohning oldilariga keldim. Ul kishi: «Umra qilib keldingizlarmi?» - dedilar. Men: «На»,- dedim. Keyin, sahobalarga yo'lga otlanmoqni buyurdilar, odamlar Madinaga qarab yo'l olishdi». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling