Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Imom Buxoriy rivoyat qiladirlar: «Uning ismi Musaddad (ya'ni, to'g'ri, rostgo'y) erdi.
Odamlar uni
ismi jismiga monand, deb ta'rif qilishar erdi. Yahyo ibn Sa'id Yahyo ibn
Mu'iynga bunday deb aytgan erkan: «Men Musaddadning uyiga borsam, hadis aytib
berar erdim, ul bunga juda munosib odam erdi. Qog'ozga ko'chirib qo'yilgan hadislar
menda
turadirmi yokim unda turadirmi, mening uchun farqi yo'q erdi (unga shunchalik
ishonar erdim)».
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida uning
yuqori tomonidan kirib, quyi tomonidan chiqdilar»,-deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Janob Rasululloh Makka fath bo'lgan yili shaharga Kado'
tomondan kirib, uning yuqori tomonidagi Kudodan chiqdilar»,- deydilar.
Hishom
raziyallohu anhu: «Urva ikkalasidan ham, Kado'dan ham, Kudodan ham kiraverar
erdilar, lekin ko'pincha uylariga yaqin bo'lgan Kado'dan kirar erdilar»,- deydilar».
Hishom rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo'lgan yili
shaharga yuqori tomondagi Kado'dan kirdilar. Urva ham ko'pincha Kado'dan kirardilar,
chunki u uylariga yaqinroq edi».
Hishom rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo'lgan yili
shaharga Kado' orqali
kirdilar, Urva ersa ikkalasidan ham, Kado'dan ham, Kudodan ham
kiraverar erdilar, lekin ko'pincha uylariga yaqin bo'lgan Kado'dan kirar erdilar». Imom
Buxoriy: «Kado'va Kudo boshqa-boshqa joydir»,- deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: