Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tamattu', iqron va ifrod haqida; qurbonligi yo'q kishi hajga
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
34-bob. Tamattu', iqron va ifrod haqida; qurbonligi yo'q kishi hajga
qo'yilmaydir Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birgalikda faqat haj qilg'aymiz degan niyatda yo'lga chiqdik. Yetib borgach, Ka'bani tavof ayladik. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim qurbonlik yetaklab kelmagan ersa, ehromini yechsin!» - deb amr qildilar. Qurbonlik olib kelmagan bir qancha odamlar hamda Janob Rasulullohning (mendan boshqa) xotinlari ham ehromlarini yechishib, hajdan mahrum bo'ldilar, chunkim ularning ham qurbonliklari yo'q erdi. Men ersam, hayz ko'rib Ka'bani tavof qila olmay qoldim. «Hasba» kechasi kelgach, «Yo Rasululloh, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy odamlar bir yo'la ham haj, ham umra qilib qaytmoqda, men ersam faqat haj qildim, xolos»,-dedim. Janob Rasululloh: «Makkada ekanligimizda tavof qilmaganmi erding?»- dedilar. Men: «Yo'q»,-dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo'lsa, ukang birlan Tan'imga borib, umraga talbiya aytg'il, so'ng falon vaqtda qaytib kelg'il!»- dedilar». Safiya raziyallohu anho bunday deydilar: «O'shanda odamlar mening umra qilib qaytib kelmog'imni kutib, yo'ldan qolishdi, deb o'ylayman, chunki men ham hayz ko'rib qolib, umra qilolmagan erdim-da! Janob Rasululloh menga: «Nechuk bema'nilik! Nahr kunlari (qurbonlik qiladirgan kunlar) tavof qilmadingmi?» - dedilar. Men: «Yo'q»,- dedim. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo'q, tavof qilib kelg'il!»-dedilar». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Makkadan chiqib kelayotganlarida uchratib qoldilar, shunda men Makkaga kirib ketayotgan erdim, yoki ul kishi Makkaga kirib ketayotgan erdilar, men ersam, Makkadan chiqib kelayotgan erdim». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido'yilida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo'lga chiqdik. Ba'zimiz umraga, ba'zimiz ersa, bir yo'la ham haj, ham umraga talbiya aytdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hajga talbiya aytdilar. Ammo, kim hajga niyat qilgan ersa yokim ayni vaqtda ham hajga, hg.m umraga talbiya aytgan bo'lsa, nahr kunigacha ehromini yechmadi». Marvon ibn Hakam aytadirlar: «Men, Usmon *va AN raziyallohu anhumolar xalifalik qilishgan davrlarda, hajda bo'ldim. Usmon bir yo'la ham haj, ham umra qilmoqni man' etdilar. Hazrat AN ersa, bunga e'tibor bermay, «Labbayka bi-umratin va hajjatin» deb, ham hajga, ham umraga niyat ayladilar-da, «Zinhor birovning so'ziga kirib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmasdan qo'ymasmen!»-dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar haj oylarida umra qilmoqni yer yuzidagi jamiki fosiqliklardan ham yomon, deb hisoblashardi. Shuning uchun ham Muharram oyi o'rniga Safar oyida umra qilishardi. Ular: «Agar tuyaning yag'iri butunlay tuzalib, izi ham qolmasa va safar oyi tugasa, umra qilmoq mumkin bo'lur»,- deyishardi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalari Zulhijja oyining to'rtinchi saharida hajga talbiya aytib kelishdi. Janob Rasululloh sahobalarga haj o'rniga umra qilmoqni amr qildilar. Bu ularga og'ir botib, «Yo Rasululloh, hajga bog'lab kelingan ehromni yechib, umraga qayta ehrom bog'lamoq mumkinmi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Haj taqtida nimaga ruxsat etilgan bo'lsa, hammasini qilmoq mumkindir» ,— deb javob berdilar». Abu Muso raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, ehromni yechmoqni buyurdilar»,- dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, odamlar nega umra qilib ehromlarini yechmakda-yu, siz yechmayotirsiz?»-deb so'radim. Janob Rasululloh: «Men sochimni to'zg'imaydirgan qilib yopishtirib olganman, keyin qurbonlik ham atab qo'yganman. Shuning uchun qurbonligimni so'ymasdan turib ehromimni yechmasman»,- dedilar». Abu Jamra Nasr ibn Imron rivoyat qiladirlar: «Men haj va umra qilmoq uchun ruxsat olgandim, lekin odamlar qo'yishmadi. Shunda, Ibn Abbos raziyallohu anhuga shikoyat qildim. Ul kishi hajni davom ettirmogimni amr qildilar. Keyin, tush ko'rdim. Tushimda bir Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy kishi menga: «Ezgu niyatda qilgan hajing va maqbul umrang muborak bo'lsin!» - dedi. Men tushimni Ibn Abbosta aytib berdim. Ul kishi: «Bu, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini ado etganing uchundir»,-dedilar. Keyin, bunday dedilar: «Mening huzurimda bo'lgil, men senga o'z molimdan ulush ajratib berayin!» Shu'ba mendan: «Nega bunday qildilar?» - deb so'radi. Men: «Ko'rgan tushim evaziga»,- deb aytdim». Abu Shihob rivoyat qiladirlar: «Umra qilib bo'lgach, Makkaga keldim. Tarviya kunidan uch kun burun Makkaga kirib keldik. Shunda, ayrim makkaliklar menga: «Qilgan hajingning savobi makkaliklar qilgan hajchalik savobga egadir»,-deyishdi. Men Ato raziyallohu anhuning huzurlariga fatvo so'rab kirdim. Ato bunday dedilar: «Menga Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan bir kun davomida birga qo'y yetaklab haj qilishganini aytib bergan erdilar. «O'shanda,- degandi menga Jobir,- har kim o'zicha hajga talbiya aytdi. Janob Rasululloh sahobalarga: «Ka'bani tavof aylab va Safo va Marva oralig'ida sa'y etib bo'lgach, ehromni yechib, sochlaringizni kalta qilingiz, tarviya kunigacha ehrom bog'lamangiz, keyin hajga talbiya aytib, ilgari qilganlaringizning hammasini qayta ado etingiz!» - dedilar. Sahobalar: «Nechuk qaytadan ado etg'aymiz, axir biz haj qilurmiz, deb qo'yganmiz-ku?!» - deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Aytganimni qilingiz! Agar qurbonlik yetaklab kelmaganimda, o'zim ham shundoq qilgan bo'lur erdim, biroq atalgan qurbonlikni so'ymay ehromimni yechmasman»,- dedilar. Shundan so'ng, sahobalar Janob Rasulullohning amrlariga bo'yinsunib, aytganlarini qildilar». Sa'id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Ali va Usmon raziyallrhu anhumo Usfon degan yerda ekashgaklarida mut'a to'g'risida tortishib qoldilar. Hazrat Ali: «Bir"yo'la havd. haj, ham umra qilmoqni man' etishing birlan, sen Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlariga qarshi chiqqan bo'lursen»,- dedilar-da, uning so'ziga e'tibor bermay, bir vaqtning o'zida haj birlan umraga talbiya aytdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling