Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Makkaga tushishlari (borishlari)
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
45-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Makkaga tushishlari (borishlari)
haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga bormoqchi bo'lganlarida: «Xudo xohlasa, ertaga Baniy Kinona kufrga ahd qilgan yerga - Xayfga borg'aydirmiz?» - dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda ekanliklarida: «Ertaga, Nahr kuni biz Baniy Kinonaning Xayfiga - ular kofirlikka sadoqat bildirib, qasamyod qilgan yerga borg'aydirmiz»,-dedilar. Shunda ul kishi Muhassabni (Minodagi tosh otadirgan joyni) nazarda tutdilar. O'sha yerda Quraysh va Kinona qabilalari Baniy Hishom va Baniy Abd ul-Mutallib (yoki Baniy ul-Mutallib) qabilalariga Muhammad sallallohu alayhi va sallamni ushlab topshirmagunlaricha o'zaro qiz oldi-berdi va savdo-sotiq qilmaslikka ont ichishgandi». 46-bob. Olloh taolo ikki oyati kariymasida bunday deydir: «Ibrohim aytgan erdi: «Ey Parvardigor-o, bul shaharni omonlik maqomi aylag'il (va) meni va mening farzandlarimni Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy butlarga ibodat qilmoqdan saqlag'il!»; «Parvardigorim, bular (butlar) ko'p insonlarni yo'ldan ozdirmishdir. Kimki menga ergashg'aydir, ul menga mansubdir va kimki menga osiylik qilg'aydir, sen albatta mag'firatlik mehribondirsen! Ey Parvardigorimiz, haqiqatan men ba'zi avlodimni (ya'ni, Hazrat Ismo'il alayhissalomni, chunkim Hazrat Ishoq va boshqalar Shomda erdilar) ekin unmaydirgan yerga - hurmatli uying qoshig'a joylashtirdim. Ey rabbimiz, ular namoz o'qisinlar, sen ayrim insonlarning dillarini ularga moil aylag'il!» 47-bob. Olloh taolo oyati kariymasida bunday deydir: «Olloh taolo Ka'bani - Bayt ul-Haromni ham, hurmatli oylarni (haj oylarini) ham, bo'yniga nishon osilgan jonliklarni (qurbonlik aylamoq niyatida bo'yniga biror alomat osib qo'yilgan jonliqlarni) ham insonlarning (bu dunyoda) tirik turmoqlari uchun sabab qildi. Bular, sizlar Olloh taoloning osmonlarda va yer ostida mavjud har bir narsadan xabardor hamda har bir narsani albatta bilguvchi zot erkanlig'in bilib qo'ymog'ingiz uchun shundoq qilingandir!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ka'bani ikki boldiri ingichka, quruqshagan habash xarob qilg'aydir»,-deganlar». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Ramazon farz bo'lmog'idan oldin Muharram oyining o'ninchi kuni ro'za tutishar erdi. O'sha kuni Ka'baga parda tutilg'ay erdi. Olloh taolo Ramazonni farz qilganida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim istasa, o'sha kuni ro'za tutsin, kim istamasa, tutmasin!» - dedilar». Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ya'juj va Ma'juj chiqqandan keyin ham Ka'ba, albatta,. haj va tavof qiling'usidir»,- dedilar. Sho''ba: «Ka'ba tavof qilinmay qolguniga qadar qiyomat sodir bo'lmag'aydir»,- dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling