Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Oy to'lgan kunlari - o'n uchinchi, o'n to'rtinchi va o'n beshinchi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet452/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

58-bob. Oy to'lgan kunlari - o'n uchinchi, o'n to'rtinchi va o'n beshinchi 
kunlarda ro'za tutmoq haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga do'stim sallallohu alayhi va sallam uch narsani - 
har oyda uch kun ro'za tutmoqni, ertalabki namozning ikki rak'at sunnatini har kuni 
o'qimoqni va vitr namozini yotish oldidan o'qimoqni vasiyat qildilar» ,— deydilar.
59-bob. Nafl ro'za tutgan kishining hech qaerda og'iz ochmasligi qaqida
Anas raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ummu 
Sulaymning (Anasning onalarining) uylariga kirdilar. Ummu Sulaym Janob 
Rasulullohning oldilariga xurmo birlan yog' qo'ydilar. Janob Rasululloh: «Yog'laringizni 
idishiga qaytarib quyib qo'yingiz, xurmolaringizni ham olib qo'yingiz, chunkim men 
ro'zadirman»,- dedilar. So'ng, Janob Rasululloh uyning bir chekkasiga bordilar-da, nafl 
o'qib, Ummu Sulaym va ul kishining ahli baytlari haqqiga duo qildilar. Shunda, Ummu 
Sulaym: «Mening bir maxsus iltimosim bor»,-dedilar. Janob Rasululloh: «Ul ne erkan?» - 
deb so'radilar. Ummu Sulaym: «Iltimosim, sizning xizmatkoringiz Anas xususinda»,- 
dedilar. Janob Rasululloh dunyoda va oxiratda neki yaxshilig' bo'lsa, hammasini aytib, 
meni (ya'ni, Anasni) duo qildilar. Shuning uchun ham men ansorlar ichida eng badavlat 
kishidirmen!»
60-bob. Har oyning oxirida ro'za tutmoq haqida
Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivot qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
mendan (yokim boshqa bir kishidan so'rganlar-u, Imron eshitganlar): «Ey falonchi, 
ushbu oyning oxirida ro'za tutmadingmi?» - deb so'radilar. (Mazkur hadisning 
roviylaridan Abunnu'mon: «Janob Rasululloh «Ushbu oyning» deganlarida, Ramazonni 
nazarda tutganlar, deb o'ylayman»,- deydirlar). Men: «Yo'q, tutmadim, yo Rasululloh!»- 
dedim.. Janob Rasululloh: «Ramazon tugagach, hayitdan ikki kun o'tkazib, ro'za tutib 
qo'yg'il!»- dedilar».
Imom Buxoriy: «Imron aytgan boshqa bir rivoyatda Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
«Sha'bon oyining oxiridan ikki kun o'tkazib» - deganlar»,- deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling