Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob.Laylat-ul qadrni Ramazonning ohirgi o'n kunligining toq kunlarida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet458/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   454   455   456   457   458   459   460   461   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

4-bob.Laylat-ul qadrni Ramazonning ohirgi o'n kunligining toq kunlarida 
kutmoq lozim.
Oisha raziyallohu anxo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadrni 
Ramazonning oxirgi o'n kunligining toq kunlari kutingiz, deb aytibdirlar»,- deydilar.
Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Ramazon oyining ikkinchi o'n kunligida e'tikofga o'tirib, yigirmanchi kechani 
o'tkazgach, e'tikofni tugatar erdilar. Keyin, yigirma birinchi kechani o'tkazib, yana 
e'tikofga o'tirar erdilar, boshqalar ham qaytib birga e'tikof qilishar erdi. Janob Rasululloh 
Ramazon oyida odatdagidek e'tikofga o'tirdilar. Yigirmanchi kechani o'tkazgach, 
tashqariga chiqdilar-da, odamlarga ta'z aytdilar, so'ng ularga bir qancha yumushlarni 
buyurib: «Bu o'n kunlikda e'tikof qildim, ammo menga oxirgi o'n kunlikda ham e'tikof 
qilmoq lozimligi ayon bo'ldi, kimki Ramazonning ikkinchi o'n kunligida e'tikof qilgan ersa,


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
e'tikofni davom ettirsin! Tushimda menga Laylat ul-Qadr (kechasi) bo'ladirgan kun aniq 
tayinlandi, biroq ul yodimdan chiqib qoldi. Endi, uni Ramazonning oxirgi o'n kunligining 
toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy yerga sajda qilayotgan erkanman» ,— dedilar. 
Shul kecha yomg'ir yog'di, masjid tomidan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namoz 
o'qiydirgan yerlariga chakka o'tib, loy bo'lib ketdi. Keyin, Ramazonning yigirma birinchi 
kechasi Janob Rasulullohning bomdod o'qib qaytayotganlarida muborak yuzlariga loy 
tekkanini ko'rdim».
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qadr Kechasini kutingiz!» 
deb aytdilar»,-deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o'n 
kunligida e'tikofga o'tirardilar va «Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o'n kunligida 
kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadrni 
Ramazonning oxirgi o'n kunligida, ro'zaning to'qqiz kuni qolganda yokim yetti kuni 
qolganda yohud besh kuni qolganda kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadr 
oxirgi o'n kunlikda - yigirma to'qqizda, yigirma yettida bo'lg'aydir»,- dedilar»,- deydilar. 
Ibn Abbos raziyallohu anhu «Laylat ul-Qadrni to'rtinchi kecha kutingiz!» degan hadisni 
ham aytganlar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   454   455   456   457   458   459   460   461   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling