Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet457/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

2-bob. Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida
Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur'onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr 
deganda, neni tushung'aysen va Laylat ul-Qadr o'zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan 
ham yaxshiroqdir. O'shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil 
tushg'aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo'lg'aydir».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Kimki Ramazonning farz ekanlig'iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid 
aylab, ro'za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg'aydir, va 
shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug'ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan 
savob umid aylab, bedor o'tkazg'aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi 
kechirilg'aydir»,- deganlar».
3-bob. Laylat-ul qadrni Ramazonning ohirgi o'n kunligining yettisida kutingiz!
Ibn Umar raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir 
qancha sahobalari Laylat ul-Qadrning Ramazonning oxirgi o'n kunligining yettisida 
bo'lmog'ini tushlarida ko'rishgan erkan. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Sizlarning tushlaringiz Laylat ul-Qadr Ramazonning oxirgi o'n kunligining yettisinda 
erkanlig'iga muvofiq kelg'aydir, deb o'ylarmen. Kimki Laylat ul-Qadrni kutmoqchi ersa
Ramazonning oxirgi o'n kunligining yettisinda kutsin!» - dedilar».
Abu Sa'id rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning 
ikkinchi o'n kunligida e'tikofga o'tirdik. Janob Rasululloh Ramazonning yigirmanchi kuni 
ertalab chiqib, bizga va'z qildilar, so'nt: «Tushimda menga Laylat ul-Qadr aniq 
ko'rsatildi, ammo uning qaysi kun bo'lmog'i yodimdan chiqib qoldi. Uni Ramazonning 
oxirgi o'n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loyjoyda sajda qilayotgan 
ermishman, endi kimki paygambar birlan e'tikrfga o'tirgan ersa, uyiga qaytsin!» - 
dedilar. Biz uyimizga yo'l oldik. Osmonda hech qanday bulutyo'q erdi. Ittifoqo, bir bulut 
paydo bo'lib, shundoq yomg'ir yog'dikim, hatto masjidning tomi oqib tushdi, chunki 
masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi. So'ng, bomdodga takbir aytildi.
Shunda, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loyjoyda sajda qilayotganlarini, 
hatto peshonalariga loy tekkanini ko'rdim».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling