Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
TAROVIH KITOBI
1-bob. Ramazon kechalari turib tarovih o'qimoqning fazilati haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon kechasining fazilatiga ishonib va savobidan umid qilib (tarovih o'qimoqqa) turgan kishining ilgari qilgan barcha gunohlari mag'firat qiling'aydir»,- deganlar». Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilgunlaricha ham, Abu Bakr raziyallohu anhuning xalifalik davrlarida ham, Umar ibn Xattob raziyallohu anhu xalifalik qilgan dastlabki yillarda ham kechasi turib tarovih o'qimoq tartibi o'zgarmadi. «Men, -deydirlar Abdurrahmon ibn Abdulqori',- Umar ibn Xattob raziyallohu anhu birlan birga kechasi masjidga chiqqan erdim, har yer-har yerda odamlar to'p-to'p bo'lishib, o'z hollaricha namoz o'qishar erdi. Hazrat Umar: «Bularning barchasini yig'ib, bir qorini boshliq qilib qo'ysam, yaxshi bo'lur erdi»,- dedilar. So'ng, ularga Ubay ibn Ka'bni boshliq qilib qo'ydilar. Ertasiga kechasi ul kishi birlan yana masjidga chiqdim, odamlar qoriga iqtido qilib namoz o'qishayotgan erkan. Hazrat Umar (buni ko'rib): «Qandoq yaxshi bid'at (ya'ni, Janob Rasulullohdan keyin joriy qilingan bir yaxshi tartib ma'nosida), tunning birinchi qismida namoz o'qib, so'ng uxlab qolganlaridan ko'ra, tun oxirida turib, namoz o'qiyotganlar afzalroqdir!» -dedilar». Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechasi o'z masjidlariga chiqib, namoz o'qidilar»,- deydilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalaridan birida masjidga chiqib namoz o'qidilar. Janob Rasulullohga iqtido qilib, odamlar ham namoz o'qishdi. Bu darhol odamlar orasida ovoza bo'ldi. Ertasiga masjidga anchagina odam to'planib, namoz o'qishdi. Uchinchi kecha yana ham ko'proq odam yig'ilib, Janob Rasululloh birlan birga namoz o'qishdi. To'rtinchi kecha masjidga odam sig'may ketdi. Janob Rasululloh bu gal kechasi chiqmadilar, faqat bomdod namoziga chiqdilar, Bomdoddan so'ng, xutba tashahhudini o'qib bo'lgach, odamlarga qarab: «Meni sizlarning ko'payib ketganligingiz cho'chitgani yo'q, balkim bul sizlarga farz bo'lib qolib, bajara olmay qolg'aymisizlar, deb qo'rqg'aydirmen»,- dedilar. Rasululloh vafot qilgunlaricha qayta bundoq namoz o'qilmadi». Abu Saliyma ibn Abdurrahmon Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalari nechuk namoz o'qir edilar? » - deb so'radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: «Janob Rasululloh Ramazonda ham, boshqa vaqtda ham namozni o'n bir rak'atdan oshirmas erdilar, avval to'rt rak'at o'qir erdilar, uning ko'rkamligiyu uzunligini so'ramay qo'ya qolingiz, so'ng yana to'rt rak'at o'qir erdilar, uning ham ko'rkamligiyu uzunligini so'ramay qo'ya qolingiz, so'ng tag'in uch rak'at o'qir erdilar. (Keyin o'rinlariga yotardilar). Shunda men: «Yo Rasululloh, vitr o'qimasdan uxlaydirsizmi?» - der erdim. Ul kishi: «Ey Oisha, ikkala ko'zim uxlag'aydir-u, qalbim uxlamas»,- deb javob qilar yrdilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling