Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tayammum bir zarbdir (qo'lni tuproqqa bir urmoqdir)
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
7-bob. Tayammum bir zarbdir (qo'lni tuproqqa bir urmoqdir)
Shaqiq raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Muso va Abdulloh ibn Mas'ud bilan birga o'tirgan edim. Abu Muso: «Agar odam nahslansa-yu, bir oygacha suv topmasa, tayammum qilib namoz o'qiyvermaydimi? Surai «Moida»dagi mana bu «Suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz!» degan oyati karimaga nima deysiz?» dedilar Abdullohga. Abdulloh: «Ularga tayammumga ruxsat berilsa, birontasiga suv sovuqroq tuyulsa, bo'ldi, tuproqqa tayammum qilaveradi», dedilar. Men: «Siz shu boisdangina tayammumga ruxsat berishni istamadingizmi?» deb so'rasam, «На», dedilar. «Ammorning Umarga: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni bir yumushni bajarib kelish uchun bir joyga yubordilar. Shunda men nahslanib qoldim. Xuddi hayvon yumalagandek tuproqqa yumaladim. Keyin, Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga shu haqda aytib berganimda, u kishi menga: «Mana bunday qilsang ham yetarli bo'lar edi, deb qo'llarini yerga bir urdilar, keyin qoqib tashladilar, so'ng o'ng qo'llarining kaftini chap qo'llariga, chap qo'llarining kaftini o'ng qo'llariga surdilar. Undan keyin esa ikkala kaftlarini yuzlariga surtdilar» deganini eshitmaganmisiz?» dedilar Abu Muso Abdulloh ibn Mas'udga. «Umarning Ammor aytgan gapdan qanoat hosil qilmaganini sezmadingmi?» dedilar Abdulloh». Shaqiq al-A'mashga bunday degan ekan: «Abdulloh va Abu Muso bilan birga edim. Shunda Abu Muso Abdullohga, Ammorning Umarga aytgan mana bu rivoyatini eshitmaganmiding? dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni va seni bir yumushga yubordilar. Shunda men, nahslanib qoldim-da, tuproqqa yumaladim. Qaytib kelganimizdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yumalaganimni aytdim. Rasululloh: «Senga mana bunday qilsang ham yetarli bo'lar edi», deb yuzlari va qo'llariga bir marta mash tortib qo'ydilar». 8-bob. Imron ibn Husayndan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jamoat bilan namoz o'qimasdan bir chekkaga chiqib turgan odamni ko'rdilar. Shunda unga: «Ey falonchi, senga jamoat bilan namoz o'qimog'ingga nima mone'lik qildi?» dedilar. «Yo Rasulalloh, men nahslanib qoldim, suv yo'q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Tuproqqa tayammum qilmog'ing lozim, shu senga kifoyadir», dedilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling