Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

SALOT (NAMOZ) KITOBI 
1-bob. Me'roj kechasida namoz qanday farz qilingan?
(Me'roj Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga hijratlaridan bir yil 
avval, Imom Navaviyning aytishlaricha, Rabi' ul-avval oyida bo'lgan erdi). Abu Sufyon 
Hiraqlga: «Payg'ambar alayhissalom bizga namoz o'qimakni, halol va pok bo'lmakni 
buyuradilar»,— deb aytgan ekanlar.
Abu Zarrga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Makkada 
ekanlig'imda uyimning shipi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Ko'kragimni yorib, 
ichini zam-zam suvi birlan yuvdilar, keyin iymonu hikmat to'la tilla jom keltirdilar-da, uni 
ko'kragimga qo'ydilar, so'ng ko'kragimni yopdilar. Shundan keyin Jabroil alayhissalom 
qo'limdan ushlab meni eng yaqin birinchi osmonga olib chiqdilar. Birinchi osmonga 
chiqqanimda Jabroil alayhissalom osmonbonga: «Eshikni ochg'il!» — deb aytdilar. U: 
«Kim bu?»— dedi. «Jabroilman»,—dedilar, Osmonbon: «Sen bilan birga biron kishi 
bormi?» — dedi. «Ha, men bilan Muhammad alayhissalom bor»,— dedilar Hazrat Jabroil. 
Osmonbon: «Muhammad alayhissalomning osmonga chiqmog'iga ruxsat bo'ldimi?» — 
dedi. Jabroil alayhissalom: «На»,— dedilar. Eshik ochilgach, birinchi osmon ichkarisiga 
ko'tarildik. U yerda bir kishi o'tiribdi. Uning o'ng tomonida ham, chap tomonida ham 
odam gavjum. O'ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig'laydi. O'sha 
kishi menga qarab: «Xush kelibsiz, payg'ambar, yaxshi o'g'il!»-dedi. «Bu kishi kim?» — 
deb so'radim Hazrat Jabroildan. «Bu —Odam alayhissalom va mana bu o'ng va chap 
tomonlarida turganlar Odam bolalarining ruhlaridir. Bulardan o'ng tomondagilari jannat 
ahli va chap tomondagilari do'zax ahlidir. (Shuning uchun ham) Odam alayhissalom o'ng 
tomonlariga qaraganlarida kuladilar, chap tomonlariga qaraganlarida yig'laydilar»,— 
dedilar Jabroil alayhissalom. Keyin, meni ikkinchi osmonga olib chiqib, osmonbonga: 
«Ochg'il!» — dedilar. Ikkinchi osmonbon ham birinchi osmonbon aytgan so'zlarni aytdi, 
so'ng darvozani ochdi».
Abu Zarr bizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmon qavatlarida Odam 
alayhissalomni, Idris, Muso, Iso va Ibrohim salavotullohi alayhimlarni ko'rdilar»,— deb 
aytdi. Lekin ularni qaysi osmonda ko'rganlarini aniq aytmadi. Faqat Odam 
alayhissalomni birinchi osmonda va Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda 
ko'rganlarinigina zikr qildi, xolos»,— Deydilar Anas raziyallohu anhu va hikoyani davom 
etdiradilar: «Xazrat Jabroil payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni Idris 
alayhissalomning yonlaridan olib o'tayotganlarida, Idris alayhissalom: «Xush kelibsiz, 
yaxshi payg'ambar, yaxshi birodar!» — debdilar. Shunda Rasululloh: «Bu kim?» — deb 
so'rabdilar. «Bu Idris»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Muso alayhissalomning 
yonlaridan olib o'tibdilar, u kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg'ambar, yaxshi birodar!»— 
debdilar. Rasululloh: «Bu kim?» — debdilar. «Bu Muso»,— debdilar Hazrat Jabroil.
Keyin, Iso alayhissalomning yonlaridan olib o'tibdilar. Shunda u kishi: « Xush kelibsiz, 
yaxshi birodar, yaxshi payg'ambar!» — debdilar. Rasululloh: «Bu kim?»—deb 
so'rabdilar. «Bu Iso alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Ibrohim 
alayhissalomning yonlaridan olib o'tibdilar. U kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg'ambar,


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
yaxshi o'g'il!» —debdilar. «Bu kim?» deb so'rabdilar Janob Rasululloh. «Bu Ibrohim 
alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil».
Ibn Abbos va Abu Hayya al-Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
degandilar»,— deyishadi: «Keyin meni shunchalik balandga olib chiqdiki, hatto o'sha 
joyda (yozuv-chizuv qilayotgan) qalam sharpalarini eshitdim». Ibn Hazm va Anas ibn 
Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytgan edilar»,— 
deyishadi: «Olloh taolo ummatimga 50 vaqt namoz farz qildi, men shuni olib qaytdim. 
Muso alayhissalomning yonlariga kelganimda: «Ummatingizga Olloh taolo nimani farz 
qildi?» — dedilar. «50 vaqt namozni»,— dedim. «Qayting rabbingiz huzuriga, chunki 
ummatingiz bunga chidamaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Men qaytdim, rabbim 
yarmini kechdi. So'ng, Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Yarmini kechdi»,— 
dedim. «Qayting rabbingizning oldiga, chunki ummagingiz bunga ham toqat 
qilmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Qaytdim, rabbim yana yarmini kechdi. Muso 
alayhissalomning yonlariga qaytib kelib, yana yarmini kechganligini aytdim. «Qayting 
rabbingizning oldiga, ummatingizning bunga ham toqati kelmaydir»,— dedilar Muso 
alayhissalom, Rabbim oldiga qaytib bordim. Shunda rabbim: «Besh vaqt namoz farz 
qildim, lekin savobi ellik vaqt namoz savobiga tengdir, endigi so'zim qat'iydir, boshqa 
o'zgartirilmaydir»,— dedi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib keldim. «Qayting 
rabbingizning oldiga»,— deb edilar, «Rabbimdan uyalaman»,— dedim. Keyin, Hazrat 
Jabroil meni Sidrat ul-Muntaho degan joygacha olib chiqdilar. Sidrat ul-Muntahoni turli- 
tuman ranglar shunchalik chulg'ab olg'ankim, uning ne ekanlig'in bilolmadim. Keyin, 
jannatga kiritildim. Uning so'qmoqlari durru gavharlar birlan qoplangan, tufrog'i ersa 
mushk erkan».
Oisha ummulmu'minin: «Olloh taolo namozni farz qilgan paytida ikki-ikki rak'atdan farz 
qildi; musofir uchun ikki rak'at, muqim yashovchi uchun ikki rak'at. Safarda o'qiladigan 
namoz o'sha ikki rak'atligicha qoldi. Lekin muqim kishilar namozi (3—4 rak'atga) 
ko'paytirildi»,— deganlar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling