Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Yuvuqsiz (junub) odam, agar g'usl qilsam kasal bo'laman yoki o'lib
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
6-bob. Yuvuqsiz (junub) odam, agar g'usl qilsam kasal bo'laman yoki o'lib
qolaman deb qo'rqsa, yohud (suvni ishlatib qo'yib) suvsiz qolaman, deb cho'chisa, tayammum qiladi Amr ibn al-Os qattiq sovuq kechalardan birida (g'azot vaqti edi) nahs (junub) bo'lib qoldilar. Shunda tayammum qilib, namoz o'qidilar. Keyin «O'zingizni halok qilmang, Alloh sizga mahribondir» degan oyatni o'qidilar, deb zikr qilinadi (ya'ni, kishi ilojsiz qolib, sovuq suvga cho'milsa, halok bo'lishi mumkinligiga ishora qilinadi). Amr ibn al-Osning (sovuq suv bo'la, turib) tayammum qilganini Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga aytishganda, u kishi koyimadilar. Abu Muso: «Nahs odam suv topolmasa, namoz o'qimaydimi?» deb Abdulloh ibn Mas'uddan so'radilar. «Agar odamlarga tayammum qilmoqqa ruxsat bersang, ulardan birortasi sal seskansa ham, Abu Muso shunaqa degan edi, deb tayammum qilib namoz o'qiyveradi», dedilar Abdulloh. «Ammorning Umarga aytgan so'zi qaerda qoldi, unda?» dedilar Abu Muso. «Ammorning so'zidan Umar qoniqqan emas, deb o'ylayman», dedilar Abdulloh. Al-A'mash quyidagi hadisni Shaqiq ibn Salamadan eshitgan ekanlar: «Abu Muso va Abdulloh ibn Mas'udning yonlarida edim. Abu Muso: «Ey Abu Abdurrahmon, agar yuvuqsiz odam suv topmasa, nima qiladi?» deb Abdullohdan so'radilar. Abdulloh: «Suv topguncha namoz o'qimaydi», dedilar. «Ammorning aytgan gapi nima bo'ladi? Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning unga: «Senga tayammum qilmoq kifoya qilgay» deganlari-chi?» dedilar Abu Muso. «Umar bundan qanoatlanmaganligini sezmadingmi? dedilar Abdulloh. «Xo'p mayli, Ammorning gapini qo'ya turing, mana bu «Agar suv topmasangiz, tayammum qilingiz» degan oyatga nima deysiz?» dedilar Abu Muso, Abdulloh ibn Mas'ud nima deyishlarini bilmay qoldilar. (Hazrat Umar va Abdulloh ibn Mas'ud mazkur oyati karima tahorati singan odamga taalluqli, deb tushungan edilar. Ammo g'usl vojib bo'lgan odam esa, albatta g'usl qilmog'i shart, unga tayammum kifoya qilmaydi, deyishar edi. Imom Buxoriy esa yuqoridagi hadislarga tayanib, tayammum kifoya qilgay, deb ta'kidlaydilar). Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy So'ng «Agar biz ularga tayammum qilmoqqa ruxsat bersak birortasiga suv sovuqlik qilsa, suvni qo'yib, tayammum qilaveradi» deb boyagi gaplarni qaytardilar. «Abdulloh ibn Mas'ud shuning uchungina tayammumga ruxsat bermaslik kerak deganmidilar?» deb so'radilar al-A'mash suhbatdoshlari Shaqiqdan». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling