Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kiyim kiyib namoz o'qimakning yujibligi, Olloh taoloning «Har bir namoz


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

2-bob. Kiyim kiyib namoz o'qimakning yujibligi, Olloh taoloning «Har bir namoz 
o'qiganingizda va tanof qilganingizda kiyimda bo'lingiz!» degan oyati karimasi 
va birgina lungiga (matoga) o'ralib namoz o'qimaslik haqida
Salama ibn al-Akva' bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Agarchi bir tikan birlan bo'lsa ham (avrat ko'rinmasligi uchun) uni (matoni) qadab 
oling'aydir»,— deganlar. Mazkur hadisda aslida «Xotini birlan jinsiy aloqa qiladirgan 
kiyimda (agar unga bir narsa tegmagan ersa) namoz o'qisa, bo'lur» degan fikr bor. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'batullohni yalang'och tavof qilmaslikni 
buyurganlar».
Ummu Atiyya mana bu hadisni keltiradilar: «Ikkala hayitda, hayz ko'rganlar ham, 
balog'atga yetgan paranjidagi qizlar ham namozga chiqishga buyurildi. Ular (erkak) 
musulmonlarning yig'inida va ularning taot-ibodatlarida qatnashishdi, hayz ko'rganlari 
esa namozgohga yaqin bormay, bir chekkada turishdi. Bir xotin: «Yo Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam, ba'zi birimizning paranjimiz bo'lmasa, (qatnashmay 
qo'yaveraylikmi)?»—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dugonasining 
paranjilaridan birini olib kiyib tursin»,— dedilar». Abdulloh ibn Abu Rajo' Ummu Atiyya 
aytib bergan ushbu hadisni boshqacharoq qilib rivoyat qilgan.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
3-bob. Namoz o'qishdan avval avratpo'shni belga (orqaga) bog'lab olish
Sahl raziyallohu anhu quyidagicha rivoyat qiladilar: «Sahobalar Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam birlan birga avratpo'shlari orqalariga tug'ilgan holda namoz o'qiganlar».
Muhammad ibn al-Munkadir dedilar: «Jobir raziyallohu anhu kiyimlarini qoziqqa ilib 
qo'yib, avratpo'shini orqasiga tugib oldi-da, namoz o'qidi. Bir kishi unga: «Birgina 
avratpo'shda namoz o'qiysizmi?»—dedi. «Senga o'xshagan nodon ko'rsin deb, ataylab 
shunday qildim. Qaysi biringizning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida ikkita 
kiyimingiz bo'lgan?» — dedilar Jobir raziyallohu anhu».
Muhammad ibn al-Munkadir: «Jobir ibn Abdulloh va Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning ham bir kiyimda namoz o'qiganlarini ko'rganman»,— deganlar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling