Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Odamlarning mayyitni madh etishlari haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

84-bob. Odamlarning mayyitni madh etishlari haqida 
Abdulloh ibn Suhayb: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan bunday deb eshitdim»,— 
deydilar: «Bir kishini tobutda olib o‘tdilar. Odamlar uni maqtab, yaxshi so‘zlar aytishdi. 
Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Keyin, boshqa 
bir mayyitni olib o‘tishdi. Odamlar uning sha’niga yomon so‘zlar aytdilar. Janob 
Rasululloh bu gal ham: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Umar ibn Xattob ajablanib: «Ne vojib 
bo‘ldi?» —dedilar. Janob Rasululloh: «Bu bandaga yaxshilig‘ni ravo ko‘rib, 
maqtadingizlar, demak unga jannat vojib bo‘ldi, keyingisiga ersa, yomonlig‘ni ravo 
ko‘rib, yomonladingizlar, demak unga do‘zax vojib bo‘ldi. Sizlar Olloh taoloning yer 
yuzidagi guvohlaridirsiz!»— dedilar». 
Abu ul-Asvad rivoyat qiladirlar: «Men Madinaga kelsam, shahar ahli bir kasallikka 
mubtalo bo‘lgan erkan. Shunda Umar ibn Xattobning yonlarida o‘tirgan erdim. Nogahon, 
bir mayyitni tobutda ko‘tarib o‘tib qoldilar, odamlar uning sha’niga yaxshi so‘zlar 
aytishdi. Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Keyin, yana bir 
mayyitni olib o‘tdilar, odamlar uning sha’niga ham yaxshi so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar 
tag‘in: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Undan so‘ng, uchinchi bir mayyitni olib o‘tdilar, odamlar 
bu gal uning sha’niga yomon so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar yana: «Vojib bo‘ldi»,— 
dedilar. Men ajablanib: «Yo Amir al-mu’miniyn, ne vojib bo‘ldi?» — deb so‘radim. 
Hazrat Umar bunday dedilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytgan 
so‘zlarini qaytardim, xolos. Janob Rasululloh bizga: «Qaysi bir musulmonga to‘rt kishi 
yaxshi deb guvohlik bersa, uni Olloh taolo jannatga kiritg‘aydir»,— deganlar. Biz ul 
kishidan: «Agar guvoh uchta bo‘lsa-chi-?»—deb so‘radik. «Uchta bo‘lsa ham, bo‘lur»,— 
dedilar. «Ikkita bo‘lsa-chi?» —dedik, «Ikkita bo‘lsa ham, bo‘lur»,— dedilar. Keyin, 
bizning ul kishidan: «Guvoh bitta bo‘lsa-chi?» — deb so‘ragimiz kelmadi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling