Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Janozada mayyitning so‘zlashi to‘g‘risida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 90-bob. Musulmonlarning bolalari to‘g‘risida nimalar deyilgan
89-bob. Janozada mayyitning so‘zlashi to‘g‘risida
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Mayyit tobutga qo‘yilib, odamlar uni yelkalariga ko‘tarishganda, agar ul hayotligida solih banda bo‘lgan ersa, «Meni tezroq olib boringiz!»-deydir, basharti solih banda ermasa, «Voy sho‘rim, meni qayoqqa olib ketmoqdasizlar?»-deb aytg‘aydir. Uning ovozini odamlardan boshqa hamma narsa eshitg‘aydir, agar odamlar ham eshitsa erdi, hushidan ketib, yiqilg‘ay erdi». 90-bob. Musulmonlarning bolalari to‘g‘risida nimalar deyilgan? Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimning norasida uchta bolasi o‘lsa, ular ota-onasini do‘zax o‘tidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydir, yokim ushbu ota-ona o‘lgan norasida bolalar tufayli jannatga kirg‘aydir»,- deganlar». Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birorta ham musulmonning norasida uchta bolasi o‘lmasin! Mabodo, o‘lsa, Olloh taolo uni o‘shal bolalari tufayli jannatga kiritg‘aydir»,-deganlar». Barro' raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va' sallamning (o‘g‘illari) Ibrohim alayhissalom vafot qilganlarida, «Jannatda uning rizo’iy onasi bordir» deb aytganlarini eshitgan erkanlar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 275 91-bob. Mushriklarning bolalari haqida nimalar deyilgan? Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning bolalari to‘g‘risida so‘rashganda, ul kishi: «Olloh taolo ularni yaratgan vaqtda ne qilmoqlari lozimligini aytgan»,- dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning o‘lgan norasida bolalari xususida so‘rashganda, ul kishi: «Olloh taolo ularning ne qilmoqlarini aytgan erdi»,- dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir bola tabiatan musulmon bo‘lib tug‘ilg‘aydir, biroq ota-onasi uni, hayvon o‘z bolasini hayvon qilib tarbiyalagandek, yahudiy yokim nasoro yohud majusiy qilib tarbiyalag‘aydir. Aytingiz-chi, sizlar hayvon bolasining biror a’zosi (shoxi, burni, qulog‘i) kesik holda dunyoga kelganini ko‘rganmisizlar?» -dedilar». 92-bob. Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lgach, bizga yuzlanib: «Bul kecha kim tush ko‘rdi?»-deb so‘rar erdilar. Odamlar ko‘rgan tushlarini aytib berishar erdi, Janob Rasululloh ersa, «Olloh taolo ne xohlasa, o‘sha bo‘lg‘aydir!»-deb ta’bir aytar erdilar. Bir kuni bizdan: «Birortangiz tush ko‘rdingizmi?» - deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q»,- dedik. Shunda Janob Rasululloh: «Ammo, men bul kecha tush ko‘rdim, tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, meni Bayt ul-Muqaddasga olib borishdi. Qarasam, u yerda bir kishi o‘tiribdir va bir kishi tik turibdir. Tik turgan kishi qo‘lidagi (rivoyatning davomini Muso ibn Ismoildan eshitganmiz, deyishadi ayrim sahobalar) temir changakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, ikkinchi lunjidan chiqarmakdadir, keyin ikkinchi lunjiga tiqib, bu lunjidan chiqarmakdadir. Changakni sug‘urib oldi deguncha, lunji tuzalib qolayotir. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu tariqa to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar erdi. Buni ko‘rib, «Bu ne qilganlaringdir?»-dedim. Ular: «Qani, yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Bir joyga borsak, bir kishi chalqancha yotibdir, yana bir kishi boshida tik turibdir. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmakdadir, tosh sapchib ketib, nariga borib tushmakdadir. U toshni tag‘in olib kelguncha chalqancha yotgan kishining boshi tuzalib qolayotir. Shu tariqa tik turgan kishi chalqancha yotgan kishining boshini qayta-qayta majaqlamoqdadir. Men: «Bu kimdir?»-deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»- deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng bir chuqurlik bor erkan, uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga birlan birga chuqurdan uchib chiqib ketay deyishayotir, alanga pasayganda ersa, alanga birlan birga yana chuqur tubiga tushib ketishmakdadir. O’tda kuyayotganlar orasinda qip-yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bordir. «Bular kimlardir?» - deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»-deyishdi. Yura-yura qon daryosi bo‘yidan chiqib qoldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida ersa, boshqa bir odam turibdir. Daryodagi odam qirg‘oqqa chiqg‘aymen desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh birlan urib, daryoga qaytarib tushirib yubormakdadir. U yana chiqg‘aymen desa, tag‘in urib tushirib yubormakdadir. «Bu nedir?»-dedim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor erkan, uning tagida bir chol va bir to‘da bolalar o‘tirishibdir. Daraxtga yaqin joyda bir kishi o‘t yoqmakdadir. Sheriklarim meni ko‘tarib daraxtning ustidagi bir uyga olib kirdilar. Men shul choqqacha bundoq muhtasham uyni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling