Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 96-bob. Mayyitlarni haqorat qilmoqning makruhligi to‘g‘risida
- 97-bob. Mayyitlarning hayotliklarida qilgan yomonliklarini eslash
www.ziyouz.com kutubxonasi
278 o‘rniga qo‘ysin, deb vasiyat qilg‘aymen. O’zimdan keyingi xalifaga yana bunday deb vasiyat qilg‘aymen: «Madina va iymonni (qalblariga) jo aylagan ansorlarga yaxshilig‘ qilsin, yaxshi ishlarini maqbul ko‘rib, kamchiliklarini afv etsin! Unga tag‘in bundoq deb vasiyat qilg‘aymen: «Olloh va uning Rasuli o‘z zimmasiga olgan aholiga (Ahlu-z- zimmaga; musulmon xalifalig‘ida jiz’ya - jon solig‘i to‘lab yashagan g‘ayridinlarga) berilgan va’daga vafo aylasin, ularni qirg‘in qilmasin, ularning yelkalariga qurblari yetmaydirgan yukni qo‘ymasin!» 96-bob. Mayyitlarni haqorat qilmoqning makruhligi to‘g‘risida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitlarni haqorat qilmangizlar, chunkim ular keladirgan joylariga kelib bo‘ldilar!» -deganlar». Bu hadisni Abdulloh ibn Abd ul-Quddus va Muhammad ibn Anas ham A’mashdan eshitib rivoyat qilib berishgan, Ali ibn Ja’d ersa, uni davom ettirgan. 97-bob. Mayyitlarning hayotliklarida qilgan yomonliklarini eslash Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Lahab alayhi la’natu-l-lohi (unga Ollohning la’nati bo‘lsin) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Kelgusi hayoting qurib ketsin!»-dedi. Shunda, «Abu Lahabning ikki qo‘li qurisin!»-degan oyat nozil bo‘ldi». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 279 ÉΟó¡Î0 «!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$# ÉΟŠÏm§9$# 98-bob. Zakot bermoqning vojibligi to‘g‘risida Olloh taolo bu xususda: «Namoz o‘qingiz va zakot beringiz!» - deb aytadir. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Sufyon raziyallohu anhu menga hadis ayta turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir so‘zlarini esladi. Keyin u: «Janob Rasululloh bizga namoz o‘qimoqni, zakot bermoqni, qarindoshlik aloqalarini uzmaslikni va pok bo‘lmoqni buyurganlar»,- dedi». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Maoz raziyallohu anhuni Yamanga yubora turib: «Ularni (Yaman ahlini) Ollohdan boshqa iloh yo‘qlig‘iga va mening Ollohning Rasuli ekanlig‘imga guvohlik bermoqqa da’vat etg‘il! Agar da’vatingni qabul aylasalar, unda Olloh taolo har kecha-kunduzda besh vaqt namoz o‘qimoqni farz qilganini ham aytgil! Agar buni ham qabul etsalar, unda Olloh taolo boy kishilarning mol-dunyosidan sadaqalar (zakotlar) olib, faqirlarga qaytarib bermoqni ham farz qilganini ma’lum aylag‘il!» - deb aytdilar». Abu Aiyub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir kishi: «Ne qilsam, jannatga kirg‘ayman, menga o‘rgatingiz!»-dedi. Odamlar: «Ne ishi bor erkan, ne ishi bor erkan?»-deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Bir ish birlan kelibdir»,- deb javob berdylar. Keyin, boyagi odamga qarab: «Olloh taologa ibodat aylag‘aysen, unga hech narsani shirk keltirmag‘aysen, namoz o‘qib, zakot berg‘aysen va qarindoshlaringga oqibatli bo‘lg‘aysen!» - dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a’robiy (badaviy) Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Menga bir ishni o‘rgatingizkim, uni bajarib men jannatga kirayin!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ollohga ibodat aylab, unga hech narsani shirk keltirmag‘aysen, buyurilgan besh vaqt namozni o‘qig‘aysen, farz qilingan zakotni ado etg‘aysen va ramazonda ro‘za tutg‘aysen!»-dedilar. A’robiy: «Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, shu aytganlaringizdan oshirib yubormag‘aymen!»-dedi. U kishi qaytib ketgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim jannati odamni ko‘rib, xursand bo‘lmoqni istasa, shul kishiga qarasin!» - dedilar». Abu Hayyon: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xususlaridagi mazkur hadisni menga Abu Zur’a aytib bergan erdi»,- deydilar. Abu Jamraga Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Abd ul-Qaysning (qabilaning) vakillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Yo Rasululloh, anavi Rabiy’a qavmi - zararkunanda kofirlar siz birlan bizning o‘rtamizda rahna bo‘lib turishibdir, biz muharram oyidagina sizning oldingizga kela olurmiz. xolos. Bizga buyuringiz, aytganlaringizni o‘rganib, o‘zimiz ham bajaraylik, uyimizga qaytib borgach, qavmu qarindoshlarimizga ham o‘rgataylik!»-dedi. Shunda Janob Rasululloh bunday deb amr qildilar: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani man’ qilg‘aymen. Kalimai shahodat (lo iloha illa-l-loh) aytib, Ollohga iymon keltiringiz (qo‘llarini musht etib, ko‘rsatkich barmoqlari birlan mana bunday qilib ishora ayladilar), namoz o‘qingiz, zakot |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling