Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 95-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhumo qabrlari haqidagi rivoyatlar
94-bob. Bexos o‘lim
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Onamning joni birdaniga chiqib ketdi, so‘zlashga ulgurganlarida erdi, sadaqa qilmakka buyurar erdilar. Agar men onamning nomlaridan sadaqa qilsam, ul kishiga savobi tekkaymidir?» - deb so‘radi. «Ha»,-dedilar Janob Rasululloh». 95-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhumo qabrlari haqidagi rivoyatlar Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘ir betob bo‘lib qolsalar, «Bugun qay yerdadirmen-u, ertaga qay yerda bo‘lg‘aymen?» deb mening huzurimda bo‘ladirgan kunlarini orziqib kutar erdilar. Buni qarangkim, Janob Rasululloh xuddi mening navbatim kelgan kuni quchog‘imda Olloh taologa jon taslim Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 277 qildilar va mening xonamga dafn etildilar!». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘nggi bor betob bo‘lib yotganlarida (shu kasallikdan so‘ng vafot etganlar); «Olloh taolo yahudiy va nasorolarni la’natladi, chunkim ular sobiq payg‘ambarlarning qabrlarini masjid qilib oldilar»,- degan erdilar. Ana shu xavf (masjid qilib olmoq xavfi) bo‘lmaganida, Janob Rasulullohning qabrlari ochiq qoldirilar erdi». Sufyon at-Tammor: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari do‘ppayib turganini ko‘rgandirmen»,- degan erkanlar. Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Valid ibn Abd ul-Malik zamonasida Hujrayi Sa’odatning (Rasululloh dafn etilgan hujraning) devori yiqilganida, uni qayta tiklamoqqa kirishdilar. Shunda (devor kesaklari orasidan) oyoq ko‘rinib qoldi. Odamlar dahshatga tushib, uni Nabiy sallallohu alayhi va sallamming oyoqlari, deb gumon qildilar. Bul kimning oyog‘i erkanligini biladirgan hech kim yo‘q erdi. Shunda otam Urva: «Xudo haqqi, bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari ermas, balki Umar raziyallohu anhuning oyoqlaridir»,- degan erkanlar». Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz Abdulloh ibn az-Zubayrga: «Meni |glarning yoniga dafn etmag‘il, Baqi’dagi dugonalarim (Rasulullohning boshqa ayollari) yoniga dafn etg‘il, men u joyga mutlaqo loyiq ermasdirman!»-deb vasiyat qilgan erkanlar» (ularning yoniga deganda Rasululloh, Abu Bakr, Umar nazarda tutilgan). Amr ibn Maymun raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu anhuni ko‘rdim. «Ey Abdulloh ibn Umar, mo‘‘minlarning onasi Oisha raziyallohu anhoga borib, mendan salom aytg‘il, so‘ng mening ikki do‘stimning yoniga dafn etilmog‘imga ijozat so‘ragil!» - dedilar. Oisha onamiz: «Ilgari men o‘zim o‘shal yerga dafn qilinmog‘imni istar erdim, endi bo‘lsa, buni o‘zimga ep ko‘rmayotirman»,- dedilar. Abdulloh qaytib kelib, Hazrat Umarga uchrashganlarida, ul kishi: «Nechuk xabar keltirding?» :—deb so‘radilar. Abdulloh: «Ey Amir al-mo‘‘minin, sizga ruxsat berdilar»,- deb aytdilar. Shunda Hazrat Umar: «Mening uchun o‘shal joydan tabarrukroq joy bo‘lmagandir, agar o‘lsam, meni o‘shal yerga eltib, salom aytingiz! Keyin sen: «Umar ibn Xattob ruxsat so‘rayotir», - degil. Agar ruxsat bersalar, meni o‘shal yerga dafn qilingizlar, ruxsat bermasalar, unda meni musulmonlar mozoriga olib borib, dafn qilaveringiz! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rizo bo‘lgan o‘shal vafot etib*ketgan kishilardan ko‘ra, xalifalikka loyiqroq boshqa birorta odamni bilmasmen. Mendan keyin kimni xalifa qilsangizlar, unga itoat etib, quloq solingizlar!»-dedilar. So‘ng, Usmon, Ali, Talha, Zubayr, Abdurrahmon ibn Avf va Sa’d ibn Abu Vaqqosning ismlarini tilga oldilar. Shu payt, bir ansoriy yigit kirib kelib: «Ey Amir al-mo‘‘minin, Olloh taoloning sizga ko‘rsatgan bashoratidan xursand bo‘lingiz! Islomda o‘z o‘rningiz bordir, buni bilursiz, keyin adolat birlan xalifalik qildingiz, tag‘in buning ustiga shahid ham bo‘ldingiz!» - dedi. Hazrat Umar: «Ey birodar, koshki erdi, shular yetarlik bo‘lsa erdi! Uzimdan so‘ng bo‘ladirgan xalifa muhojirlarga yaxshilig‘ qilsin, ularning haqini tan olsin, hurmatlarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling