Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


-bob Shirk-gunohlarning eng xunugi (yomoni, og‘iri) ekani va undan keyingi eng


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

37-bob
Shirk-gunohlarning eng xunugi (yomoni, og‘iri) ekani va undan keyingi eng 
ulkan gunohlarning bayoni 
205/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan: «Qaysi gunoh Alloh huzurida katgaroq?» deb so‘rasam, u zot: «Seni 
yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilmog‘ing», dedilar. Men: «Haqiqatda bu ulkan 
gunoh, so‘ngra qaysisi?» desam, u zot: «Keyin bolalaringning sen bilan birga taom 
yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» desam, u zot: 
«Keyin qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar». 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
206/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli, 
Alloh huzuridagi eng ulkan gunoh qaysi?» deganida, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror 
narsani) teng qilib, unga duo etmog‘ing», dedilar. U kishi: «So‘ngra qaysisi?» deganida, 
u zot: «Bolalaringni sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», 
dedilar. «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», 
dedilar. Shundan so‘ng Alloh uning tasdig‘iga oyat nozil qildi: «Ular Alloh bilan birga 
boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar. Va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq 
o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, 
uqubatga duchor bo‘lur» (Furqon surasi, 68-oyat). 
38-bob
Kabira gunohlarning eng ulkani haqida 
207/1. Abdurahmon ibn Abu Bakra roziyallohu anhu otalaridan rivoyat qiladilar. «Biz 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot: «Sizlarga kabira 
gunohlarning ulkani haqida xabar beraymi?» deb uch bora aytdilar-da, (so‘ng) «Allohga 
(biror narsani) sherik qilish, ota-onaga oq bo‘lish, yolg‘on guvohlik yoki yolg‘on so‘z», 
dedilar. Bu so‘zni gapirayotganlarida suyanib turgandilar, o‘tirib oldilar. Bu so‘zni qayta-
qayta takrorlardilar. Biz esa, u zot jim bo‘lsalar-ku, deb umid qilardik». 
208/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
kabira gunohlar haqida gapira turib: «Ular Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, 
biror jonni o‘ldirish va yolg‘on so‘z», dedilar. 
Anas ibn Molik aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabiralarni esladilar yoki 
kabiralar haqida so‘raldilar. «Allohga shirk keltirish, odam o‘ldirish, ota-onaga oq 
bo‘lish», deb aytdilar. Yana: «Gunohi kabiralarning kattasi haqida xabar beraymi?» 
dedilar. So‘ngra: «Yolg‘on so‘z» yoki «Yolg‘on guvohlik berish», deb aytdilar. Hadisdagi 
«Yolg‘on guvohlik berish», degan so‘zga gumonim ko‘proq». 
209/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam «Halokatga eltuvchi yetti amaldan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey 
Allohning rasuli, ular nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «1. 
Allohga sherik bor deyish. 2. Sehrgarlik. 3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. 
Ammo haq bilan bo‘lsa (ya’ni, had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda) zarari yo‘q. 4. 
Yetimning molini yeyish. 5. Sudxo‘rlik orqasidan kun kechirish. 6. Urushda orqaga 
chekinish. 7. Iffatli, fohishalikdan uzoq, mo‘mina ayollarni (fohishalikda) ayblash», 
dedilar. 
210/4. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Kishi ota-onasini so‘kmog‘i ulkan gunohlardandir», 
deganlarida, sahobalar: «Kishi ota-onasini ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Ha, kishi birovning otasini so‘kadi. Keyin u ham buning 
otasini so‘kadi. Birovning onasini so‘ksa, u ham uning onasini so‘kadi», dedilar. (Ya’ni, 
bu bilan u o‘z ota-onasini so‘kkan bo‘ladi.) 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling