kufr keltirishdan boshqa narsalarda, ya’ni ne’matga va huquqlarda
ishlatilishining bayoni
196/1. Ibn Umar roziyshshohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa beringlar va istig‘for aytishni ko‘paytiringlar.
Chunki do‘zax ahlining ko‘pchiligini siz, ayollardan tashkil topganini ko‘rdim»,
deganlarida, bir oqila ayol: «Nima uchun do‘zax ahlining aksariyati biz ayollardan tashkil
topgan?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’natni ko‘p aytasizlar va
erlaringizga ko‘p noshukrlik qilasizlar. Men sizlardan ko‘ra aql va dinda noqis bo‘lib,
aqllilar ustidan g‘olib keluvchilarni ko‘rmadim», dedilar. Haligi ayol: «Aqli va dini noqis
deganingiz nima?» deb so‘ragan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki
ayolning guvohligi bir erkak guvohligiga teng bo‘lishi aqli noqisligidir. Hayz va nifos qoni
ko‘rganida namoz o‘qimasligi dini noqisligidir», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
35-bob
Namozni tark kilgan kishiga kufr kalimasining ishlatilishi haqida
197/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Qachonki, odam bolasi sajda (oyati)ni o‘qib (darhol) sajda qilganida shayton
yig‘lab uzoqlashadi va unga voy bo‘lsin, deb aytadi», dedilar.
Abu Kuraybning rivoyatlarida «Menga voy bo‘lsin! Odam bolasi sajda qilishga
buyurilganida sajda qildi va unga jannat berildi. Men esa bosh tortdim va menga do‘zax
berildi» bo‘lib kelgan.
A’mash roziyallohu anhuning rivoyatlarida ham shu sanad bilan rivoyat qilingan, lekin
«Osiylik qilganim uchun menga do‘zax berildi» bo‘lib kelgan.
198/2. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kishi bilan shirk va kufr orasida namozni tark qilish bor», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
36-bob
Do'stlaringiz bilan baham: |