Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
76 325/9. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Azraq vodiysidan o‘tayotib: «Bu qaysi vodiy?» deganlarida, sahobalar: «Bu Azraq vodiysi», deb aytishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Muso alayhissalomni shu dovondan tushayotgan holda ko‘rmoqdaman. U zotning Allohga talbiya aytish bilan so‘raydigan narsalari bor edi», dedilar. So‘ngra Harsho dovoniga kelib: «Bu qaysi dovon?» degan edilar, «Harsho dovoni», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yunus ibn Matto alayhissalomni semiz qizil tuya ustida ko‘rgandekman. U zotning ustlarida jundan ishlangan jubba (chopon) bor, tuyalarining tizgini esa kanopdan edi. U zot esa talbiya aytardilar», dedilar. 326/10. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Makka va Madina oralig‘ida ketayotib, bir vodiydan o‘tdik. U zot: «Bu qaysi vodiy?» degan edilar, sahobalar: «Azraq vodiysi», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muso alayhissalomni ko‘rib turgandekman», deb ranglari va sochlari haqida nimalarnidir zikr qildilar. (Lekin ushbu hadis roviyi Dovud quloqlariga barmoqlarini qo‘yganlari uchun rang va sochlar haqidagi narsani yodlay olmaganlar.) «Muso alayhissalom bu vodiydan o‘ta turib, Allohga talbiya aytib so‘raydigan narsalari bor edi», dedilar. So‘ngra yana yurib dovonga keldik. U zot: «Bu qaysi dovon?» degan edilar, ular: «Harsho yoki Lift nomli dovon», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Yunus alayhissalomni ko‘rgandekman, u zot qizil tuyada ustlarida jundan yasalgan jubba (chopon) bor, tuyalari tizgini esa toladan bo‘lib, bu vodiydan talbiya aytgan holda o‘tardilar», deb aytdilar». 327/11. Mujohid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Ibn Abbos roziyallohu anhu huzurlarida edik. Odamlar Dajjolni zikr qilishdi. Kimdir «Dajjolning ko‘zlari o‘rtasiga kofir, deb yozib qo‘yilgan», dedi. Ibn Abbos: «Men bu haqda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan) eshitmaganman. Shunday bo‘lishi ham mumkin, lekin Ibrohim alayhissalom haqlarida eshitganman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar (u zotni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz), yoningizdagi birodaringizga qarang. (Ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga qarashni nazarda tutmoqdalar.) Ammo Muso alayhissalom bug‘doyrang, to‘la kishi bo‘lib, toladan eshilgan jilovli qizil tuyada vodiydan pastga talbiya aytib tushayotganlarini ko‘rgandayman», dedilar», deb aytdilar». 328/12. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga payg‘ambarlar ko‘rsatildi. Muso alayhissalom uncha semiz bo‘lmagan, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshash edilar. Iso ibn Maryam alayhissalomni ham ko‘rdim. U zotning Urva ibn Mas’udga o‘xshashlarini bildim. Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim, u zot yoningizdagi birodaringizga o‘xshashdir (ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini nazarda tutayotgan edilar). Jabroil alayhissalomni ko‘rdim, u zot Dihyaga (boshqa rivoyatda Ibn Rumh Dihya ibn Xaliyfaga, deyilgan) o‘xshashdir», dedilar. 329/13. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Isroga yuborilgan paytda Muso alayhissalomga yo‘liqdim», deb u zotni quyidagicha ta’rifladilar: «Muso alayhissalom uzun bo‘yli, jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Va yana «Iso alayhissalomga ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling