Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- LAYLI VA MAJNUN
- MUHABBAT Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com
MAVHUM ZOT
Yurtga podshoh bo‘ldi bir kun musulmon Bir osiy o‘sha kun musulmon bo‘ldi. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 80 Yurtga podshoh bo‘ldi bir kun nasoron Ul banda o‘sha kun nasoron bo‘ldi. Toju taxt dunyoda aylanar payvast, Shohlar goh darvishu xudparast bo‘ldi Podshoh bo‘lganida yurtda butparast Ul banda o‘sha chog‘ butparast bo‘ldi. Shundoq yashadi u foniy hayotni, U nayrang ko‘rgazdi hatto Xoliqqa. Oxirat kunida, mavhum bul zotni O’tqazib qo‘ydilar uchta qoziqqa. SEN KABI Onangni otangga xatlab berganda, Guvoh bo‘lmaganman ishongil, axir. Boqursan, yuzingda quv zaharxanda, Dunyoni go‘yoki men etdim taxir. Bosgan qadamimdan chaqnamas olov, Da’vo qilmasman hech abadiyatga. Va qo‘rg‘on qurdimu na tutdim yalov, Doim yo‘ldosh bo‘ldim oddiy niyatga. Boshni ko‘p qotirma sen kimsan debon, Kimning xesh, kimningdir andasidirman. O’tkinchi dunyoda men ham bir mehmon, Xudoning sen kabi bandasidirman. LAYLI VA MAJNUN Har kimga hamrohdir hamisha qismat, Kimdir boshin egar, kim ko‘ksin kerg Rasululloh demish: - Allohdan faqat Kim nima so‘rasa, o‘shani bergay. Oyoq-qo‘lin bog‘lab Laylini bir kun Olib kelishdilar Ka’baga tomon. Layli xitob qildi: - Tavba ne uchun, Majnunim bo‘lmasa tiyradir jahon. Ibodat Majnunning navbati edi, U ham oshkor etdi ko‘ngil maylini. Ka’baga bosh urib turarkan, dedi: Men sendan so‘rayman faqat Laylini MUHABBAT Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 81 Har mo‘min dilida bir orzu faqat, Har damda o‘yida Mahsharning kuni. Alloh gunohlarin qilib mag‘firat, Zora noil etsa jannatga uni. Tunlari meni ham chulg‘aydi xayol, O’zing yorlaqagin meni ham, yo Rabb. Sening vasling garchi eng oliy visol, Rahm etgil va lekin holimga qarab. Mening ham tilagim ol inobatga, Qovushtir orzular olami bilan. Rasululloh demish: Kishi jannatga Kirgaydir sevikli odami bilan. AZROIL Badaviy shaklida kelib Azroil Muhammadga dedi:. Joningni olgum. Va lekin hurmatga ekansan noil, Tila tilagingni, do‘st bo‘lib qolgum. Muhammad to‘lg‘ondi o‘ngga-yu so‘lga, Dedi:. Ishing ekan - ola qol jonni. Roziman, iltifot aylab Rasulga, Baxsh etib turibsan so‘nggi imkonni. Yolg‘iz o‘tinchimni qaytarma minba’d, Mayli, so‘ng tepamda ko‘ksingni kergil. Ummatim jonini oson ol faqat, Uning azobin ham o‘zimga bergil. HADIS Bu ulug‘ dargohda mehmonman men ham, Mening ham dilimda oshiqlar ohi. Hadischi bobolar degandek u dam, Tavbamni qabul et, o‘zing, Ilohi. Ulg‘aydik va lekin oldda ko‘p gap bor, Davra shamollari esib o‘tgaydir. Inongum, e’tiqod o‘zi bo‘lib yor, Bizning ham qo‘limiz bir kun tutgaydir. Ibodat bor edi, u etgay davom, Qirq bilan yopmasmiz bu uyning tomin. Bizni tinglaganga hamisha salom, Yana ko‘rishguncha sog‘ bo‘ling! Omin! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling