Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
BEMAHAL QOR YOO’QAN KUNI
Bul chog‘i, bo‘stonga ishtiyoq baland, Nechundir bemahal yog‘a ketdi qor. Diktorning bir og‘iz e’loni bilan Chindan ham qaygadir berkindi bahor. Bu fursat chamansiz ko‘ngillar yarim, Bulbulni quvlamang dostonimizdan. Sizdan nima ketdi, diktor do‘stlarim, Qorni kurab qo‘ying bo‘stonimizdan. 1987 SARHADLAR Kimsaga baho berish ilinjida yurganlar, Eng avval o‘z-o‘ziga boqishlari kerakdir. Qadimiy bobolar ham ming o‘ylab bir degan Har kimning go‘ri boshqa, azroili bo‘lakdir Qanchalik ishing bordir hayotim bilan, ey yov Seni tangri teppamga posbon qilib qo‘ygan O’z tushim o‘zimniki, goh otliqman, goh yayov, Men yegan burda nondan sening qorning to‘y Muqaddas sarhadlar bor insonning hayotida Ularni bosib o‘tish odamlikka yot erur. Qancha-qancha sir yashar har kimning bisoti Shul sabab u INSONDIR, shu sabab u ZOT Kimga muhabbat qo‘yib, kimga nafrat bildi Nafas olish singari ixtiyoriy jo‘n bir gap Afsonaviy devlar u - qo‘llarida urto‘qmoq, Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 44 O’tgan-ketgan bandani o‘zicha yurgan tergab. Mana bu buloq menga g‘oyatda yoqib qolmish, Mana bu shabboda ham menga g‘oyat alomat. Sening esa hushingni, deylik, dengizlar ol Yo‘lingdan sira qolma, joning bo‘lsin salom Azizim, dil qasriga beso‘roq kira ko‘rma, Unda qo‘sh-qo‘sh ilonlar, ajdaholar yotadi. Sen birovni toptay deb behudaga ot surma . Har kimning o‘z quyoshi o‘z ufqiga botadi. O’z uying, o‘z to‘shaging o‘z-o‘zingga buyurib, O’z farzanding, o‘z yoring bo‘laversin seniki Xohla tingla xohlama - ketaver qanding ur Ixtiyor senikidir, bu she’r esa meniki. 1987 KOMETA Chingiz Ahmarovga Har zamon, har zamon Yer yaqinidan, Noyob kometalar o‘tib qoladi. Kimlardir ko‘z uzmay nur chaqinidan, Ularning suratin oladi. Kimlardir payqamas, yo bo‘lmas ogoh, Ko‘p borsa ta’birlar ko‘rgan bir tushin. Ular qaydan bilsin, kometalar goh, Yuz yilda bir marta qaytib o‘tishin. Nechog‘lik g‘aroyib manzaradir bu: Samoviy nur bilan yo‘g‘rilgan san’at. Somon yo‘llarida yugurgan ohu, Zuhro jamolidan uzilgan tal’at! Yondi yana qachon kelar u qaytib, Gohi yuz yil o‘tar, ming yillar gohi. Yolg‘iz u o‘tmishdan afsunlar aytib. Olis kelajakning bo‘lgay guvohi. 1987 * * * Taqdir yo‘rig‘idan roziman ming bor, Menga duch ayladi seni ey, nigor. Ko‘zingda poyonsiz umrimni ko‘rdim, Sensiz bir lahzaning o‘tmog‘i dushvor. 1987 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling