Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
75 ONA Kimdir savol berdi: - Aytgil, Muhammad, Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga. Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt, Ota-onamgami yoxud bolamga? Rasul javob qildi: - Tingla, birodar, Gapimni bir bora quloqqa ilgil. Imkon topa olsang dunyoda agar, O’ng avval onangga yaxshilik qilgil. Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq . Rostdan ona erur qiblai olam. Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham. FARZAND Bir kuni ranjitdi otani farzand, Ota o‘z uyidan bosh olib ketdi. Lekin Alloh mehri bo‘lib sarbaland, Ota Makkatulloh vasliga yetdi. Ota fig‘on chekdi Ka’ba qoshida, Go‘yo unut bo‘lgay alamlar bari. Najot charx ursa ham garchand boshida, Sira ketolmadi bir gapdan nari. Ka’bani sig‘inar ekan keksa chol Armonin oshkora aytdi olamga. Dedi: - Ibodatim bo‘lsa ham uvol, Faqat saodat ber o‘sha bolamga. DO’ZAXIYLAR Yovlashdi bir kuni ikki musulmon, Oradan adolat tamoman ko‘chdi, Ular olishdilar uzoq, beomon, Oqibat birining kallasi uchdi. Kimdir payg‘ambardan so‘radi kelib: - Ayo, Rasululloh, aylagil javob. Hoynahoy, raqibin qonga g‘arq qilib, Ul kas jahannamda tortgaydir azob? Rasululloh dedi: - U ham va bu ham Mahkum bo‘lg‘uvsidir do‘zax to‘riga. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 76 Ikkov ham maydonga tushganlari dam O’lim tilaganlar biri biriga. SAVOB Dasti qisqalarni kamsitma zinhor, Savobning kattayu kichigi bo‘lmas. Kimningdir davlati behadu bisyor, Va lekin baxildir, tolei kulmas. Och qolgan go‘dakka saxovatli zot, Yarimta xurmoni dildan ilindi. Bilgilki, bu himmat shu zum, shu zahot, Bus-butun savob deb qabul qilindi. Demishlar, savob ish ofatni to‘sib, Ezgulik yo‘liga shaylangusidir. Eng kichik himmat ham toychoqdek o‘sib, Tulpordek savobga aylangusidir. Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling