Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


Download 281.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/84
Sana14.07.2023
Hajmi281.28 Kb.
#1660215
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Bog'liq
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

MAVHUM ZOT 
Yurtga podshoh bo‘ldi bir kun musulmon 
Bir osiy o‘sha kun musulmon bo‘ldi. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
Yurtga podshoh bo‘ldi bir kun nasoron 
Ul banda o‘sha kun nasoron bo‘ldi. 
Toju taxt dunyoda aylanar payvast, 
Shohlar goh darvishu xudparast bo‘ldi 
Podshoh bo‘lganida yurtda butparast 
Ul banda o‘sha chog‘ butparast bo‘ldi. 
Shundoq yashadi u foniy hayotni, 
U nayrang ko‘rgazdi hatto Xoliqqa. 
Oxirat kunida, mavhum bul zotni 
O’tqazib qo‘ydilar uchta qoziqqa. 
SEN KABI 
Onangni otangga xatlab berganda, 
Guvoh bo‘lmaganman ishongil, axir. 
Boqursan, yuzingda quv zaharxanda
Dunyoni go‘yoki men etdim taxir. 
Bosgan qadamimdan chaqnamas olov, 
Da’vo qilmasman hech abadiyatga. 
Va qo‘rg‘on qurdimu na tutdim yalov, 
Doim yo‘ldosh bo‘ldim oddiy niyatga. 
Boshni ko‘p qotirma sen kimsan debon, 
Kimning xesh, kimningdir andasidirman. 
O’tkinchi dunyoda men ham bir mehmon
Xudoning sen kabi bandasidirman. 
LAYLI VA MAJNUN 
Har kimga hamrohdir hamisha qismat, 
Kimdir boshin egar, kim ko‘ksin kerg 
Rasululloh demish: - Allohdan faqat 
Kim nima so‘rasa, o‘shani bergay. 
Oyoq-qo‘lin bog‘lab Laylini bir kun 
Olib kelishdilar Ka’baga tomon. 
Layli xitob qildi: - Tavba ne uchun, 
Majnunim bo‘lmasa tiyradir jahon. 
Ibodat Majnunning navbati edi, 
U ham oshkor etdi ko‘ngil maylini. 
Ka’baga bosh urib turarkan, dedi: 
Men sendan so‘rayman faqat Laylini 
MUHABBAT 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
Har mo‘min dilida bir orzu faqat, 
Har damda o‘yida Mahsharning kuni. 
Alloh gunohlarin qilib mag‘firat, 
Zora noil etsa jannatga uni. 
Tunlari meni ham chulg‘aydi xayol, 
O’zing yorlaqagin meni ham, yo Rabb. 
Sening vasling garchi eng oliy visol, 
Rahm etgil va lekin holimga qarab. 
Mening ham tilagim ol inobatga, 
Qovushtir orzular olami bilan. 
Rasululloh demish: Kishi jannatga 
Kirgaydir sevikli odami bilan. 
AZROIL 
Badaviy shaklida kelib Azroil 
Muhammadga dedi:. Joningni olgum. 
Va lekin hurmatga ekansan noil, 
Tila tilagingni, do‘st bo‘lib qolgum. 
Muhammad to‘lg‘ondi o‘ngga-yu so‘lga, 
Dedi:. Ishing ekan - ola qol jonni. 
Roziman, iltifot aylab Rasulga, 
Baxsh etib turibsan so‘nggi imkonni. 
Yolg‘iz o‘tinchimni qaytarma minba’d, 
Mayli, so‘ng tepamda ko‘ksingni kergil. 
Ummatim jonini oson ol faqat
Uning azobin ham o‘zimga bergil. 
HADIS 
Bu ulug‘ dargohda mehmonman men ham, 
Mening ham dilimda oshiqlar ohi. 
Hadischi bobolar degandek u dam, 
Tavbamni qabul et, o‘zing, Ilohi. 
Ulg‘aydik va lekin oldda ko‘p gap bor, 
Davra shamollari esib o‘tgaydir. 
Inongum, e’tiqod o‘zi bo‘lib yor, 
Bizning ham qo‘limiz bir kun tutgaydir. 
Ibodat bor edi, u etgay davom, 
Qirq bilan yopmasmiz bu uyning tomin. 
Bizni tinglaganga hamisha salom
Yana ko‘rishguncha sog‘ bo‘ling! Omin! 


Saylanma. Abdulla Oripov 

Download 281.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling