Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


Download 281.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/84
Sana14.07.2023
Hajmi281.28 Kb.
#1660215
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
Bog'liq
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
G‘uborga chulg‘anmay shu yeru osmon
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. 
Yashashning shavqin sur sira tolmasdan, 
She’ring yoz, paysalga endi solmasdan. 
Faqat qartayganda sevib qolmasdan, 
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. 
1994 
XOTIRA 
Mag‘ribda yovuzlik ko‘targanda bosh, 
Siz sodiq qoldingiz ezgu niyatga. 
Yomg‘ir yopinchig‘u yostig‘ingiz tosh, 
Qalqon bo‘loldingiz insoniyatga. 
Ona yurt bag‘ridan juda ham yiroq
O’zga manzillarda topshirdingiz jon. 
Hanuz ko‘ksimizni tirnaydi firoq, 
Garchi siz muzaffar, g‘olib, qahramon. 
Garchi Vatan sizni hamisha yodlar, 
Lekin armoningiz sig‘mas qabrga. 
Hali tug‘ilmagan ne-ne zuryodlar, 
Barchasi ketdilar siz bilan birga. 
Zaminda charx urar ruhingiz bedor
Qolgan tiriklarning tinchini o‘ylab. 
Charx urar, Chotqolga termulgancha zor, 
Qarshining bepoyon dashtlari bo‘ylab. 
Ozod O’zbekiston bosh egib bu kun, 
Shahid farzandlarin nomini yo‘qlar. 
Qay biri bedarak, qay biri beun, 
Uzoq sarhadlarda jimgina uxlar. 
Manguga tinmishdir qalb tug‘yonlari, 
Endi xotirangiz yo‘ldoshdir bizga. 
Xalqimning fidoyi mard o‘g‘lonlari, 
Allohning rahmati yog‘ilsin sizga. 
1994 
ADOLAT 
Yo‘qsilga dedilar: Da’voyingdan kech, 
Mana ol, siymu zar senga kafolat. 
Yo‘qsil ular gapin tinglamadi hech
Adolat, dedi u faqat, adolat! 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
Badavlat kimsaga berdilar savol, 
Dedilar: Nima bor kuchliroq puldan? 
U javob qaytardi: - Qo‘rqaman alhol, 
Adolat axtargan o‘sha yo‘qsildan. 
1994 
XALQ 
Hamma narsa o‘tadi, mansab, shonu shavkat ham, 
Shirindan shirin qolur, talxdan esa qolur talx. 
Bir kuni tuproq bo‘lur, tengsiz shamsi tal’at ham, 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Gohida ko‘zda yoshu gohida xandon bo‘ldik, 
Gohida bolg‘a bo‘lsak, gohida sandon bo‘ldik, 
Axiyri kulib tole, sohibi davron bo‘ldik, 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Nomingni qaro degan - paxtaginam, senmisan
Lo‘ppi deya yutganim - laxtaginam, senmisan, 
Avaxtada bosh urgan taxtaginam, senmisan?! 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
O’zbekning peshonasin po‘latdan yaratmishdir, 
Yumushini malomat, zahmatdan yaratmishdir, 
Bir so‘z bilan aytganda - mehnatdan yaratmishdir, 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Tinglasang tuganmaslik afsonasi bor bu el
Sarkardasi, shoiri, taronasi bor bu el, 
Ming oqilga arzirlik devonasi bor bu el, 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Farishta emasdirmiz, ushbu gapim sir emas, 
Har uchragan eshonu, har sallalik pir emas, 
Lekin dasturxon haqqi, ko‘nglimiz hech kir emas, 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Janggohlarda jon bergan bobolarni unutmang, 
Moshoq terib non bergan momolarni unutmang. 
E’tiqod, iymon bergan duolarni unutmang
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Amalparast, lo‘ttiboz bo‘lmagan qachon axir, 
Sak bir nima yemasa og‘zi bo‘larmish taxir, 
Bizning barchamiz shohmiz, bizning barchamiz faqir! 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 


Saylanma. Abdulla Oripov 

Download 281.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling